Buxoro yangiliklari

Prezident Shofirkondagi “Buxara Azteks” korxonasiga bordi

Foto: O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Bundan bir necha soat oldin prezidentimiz Buxoroga tashrif buyurib, dastlab Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagani va Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” mahallasida borgani hamda viloyatdagi mavjud klasterlar rahbarlari bilan ham muloqot qilgani, shuningdek “Aksa Enerji Bukhara” MChJ ga qarashli issiqlik elektr stansiyasi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Navbatdagi manzil Shofirkon tumanidagi “Buxara Azteks” tikuvchilik korxonasi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ilgari bu tumanda sanoat umuman yo‘q edi. Qishloq xo‘jaligidagi yangilanishlar, klaster tizimi natijasida bu yerda ham sanoat paydo bo‘ldi. Hozir birgina paxtadan ip, kalava, mato, tayyor kiyimlar, chigitdan yog‘, sovun, ozuqa va boshqa o‘nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

“Buxara Azteks” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda paxta yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashning to‘liq zanjiri yo‘lga qo‘yilgan. Shu bois mahalliylashtirish darajasi 100% ga yetgan.

Loyihaning qiymati 8,7 million dollar. Uskunalar Yaponiya, Germaniya va Turkiyadan keltirib o‘rnatilgan. Ming nafardan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.

Korxonada yiliga 16 million dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning 50 foizini xorijga eksport qilish mo‘ljallangan.

1 / 9

Davlatimiz rahbari korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi, ishchilar bilan muloqot qildi.

Yana bir muhim jihati, korxona tomiga quyosh panellari o‘rnatilgan. Prezident bu kabi zamonaviy korxonalarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version