Buxoro yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yangi qurilgan issiqlik elektr stansiyasini borib ko‘rdi

photo 1319
Foto: O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Loading

Bundan bir necha soat oldin prezidentimiz Buxoroga tashrif buyurib, dastlab Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagani hamda Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” mahallasida borgani, shuningdek viloyatdagi mavjud klasterlar rahbarlari bilan ham muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.

Navbatdagi manzil Buxoro tumanidagi “Aksa Enerji Bukhara” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishga tushirilgan issiqlik elektr stansiyasi bo‘ldi. Bu yerda Prezident Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Iqtisodiyot rivojlanib, korxonalar ko‘payishi bilan energiya resurslariga talab oshib bormoqda. Shuning uchun barcha hududlarda bunday quvvatlarni oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, 2022-yili “Aksa Enerji Bukhara” tomonidan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilgan edi. U 150 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya evaziga barpo etilgan. Uskuna va jihozlar Turkiyadan keltirilgan. Bu yerda 150 kishi mehnat qiladi.

Stansiya quvvati 270 Megavatt. Bu yiliga 2 milliard 200 million kilovatt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish, viloyatning 60% iste’molini qoplash imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari stansiyaning dispetcherxonasini ko‘zdan kechirdi, boshqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

2023-yilda Buxoroda yillik elektr iste’moli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo‘lishi kutilayotganini inobatga olib, mutasaddilarga viloyatda taqchillikni qoplash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va tarmoqlarda yo‘qotishlarni kamaytirish, sohaga yuqori texnologiyalarini jalb qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.