Buxoro yangiliklari
5 yil oldin Buxoro qanday edi, hozir qanday? – Shavkat Mirziyoyev
Bundan bir necha soat oldin prezidentimiz Buxoroga tashrif buyurib, dastlab Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagani hamda Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.
Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida klasterlar rahbarlari bilan ham muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Buxoro viloyatida 11 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyat yuritmoqda. 2022-yilda ular tomonidan qariyb 99 000 gektar yerda 358 000 tonnadan ortiq paxta yetishtirilgan. Jami 2 trillion 36 milliard so‘mlik 36 ta loyiha amalga oshirilib, 3 600 ta ish o‘rni yaratilgan. Tashqi bozorga qariyb 77 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Muloqotda bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar, klasterlar oldidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
“- Qiyin bo‘lsa ham, nima uchun klaster tizimiga o‘tdik? Ilgari xalqimiz paxta ekardi, lekin shunga munosib manfaat topmasdi. Besh yil davomida klasterlarni avaylab, sharoit yaratib, shu darajaga olib keldik. Endi ular xalqparvar bo‘lishi kerak. Mayli, boy bo‘lsin, faqat hayot bilan birga, xalq bilan birga!”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Klasterlar rahbarlari bugungi natijalari so‘nggi yillardagi islohotlar tufayli ekanini, bunga javoban ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha o‘zlariga mas’uliyat olishini ta’kidlashdi.
“- Barcha islohotlarimizdan pirovard maqsad – xalqimizning daromadini oshirish. Kambag‘allikni yo‘q qilib, aholining xarid qobiliyatini oshirsak, tadbirkorlarning ishi ham rivojlanadi. Besh yil oldin Buxoro qanday edi, hozir qanday? Shu sur’atda davom etsa, yana besh yildan keyin natijalar bundan-da yaxshi bo‘ladi. Chunki shunday buyuk, mehnatkash xalqimiz bor”, – dedi Prezident.
Klasterlar faoliyatida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari shu yerda buxorolik hunarmandlar mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi