Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (11.08.2026)
![]()
2026-yilning 11-avgust, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun mayda-chuyda ishlarga o‘ralashib qolishdan saqlaning. Ular sizga o‘zingiz kutgan ijobiy natijani bera olmaydi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Atrofdagilar qarshisida o‘zingizni sipo va diplomatlarcha tuta olsangiz, do‘stlar, sizga hayrixohlar soni ortadi. Birovlarning ishiga aralashib maslahat berishga urinmang. Janjal kelib chiqishi mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Yaqinlaringizning injiqliklarini, zarda va kinoyalarini bardosh bilan qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi. Janjaldan, baqir-chaqirdan foyda chiqmaydi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun arzimagan gap yoki vaziyat ham sizni g‘azabga keltira boshlaydi. Do‘stlar bilan bahslashmaslikka harakat qiling. Qanchalar asabiy bo‘lmang, ularni ranjitmasligingiz kerak.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kun davomida yaqin insonlar sizga kutilmagan sovg‘alar tayyorlaganiga guvoh bo‘lasiz. Aqlingiz yetadigan har qanday ishni ikkilanmasdan amalga oshiravering. Albatta muvaffaqiyatga erishasiz.
Parizod (24.08 — 23.09)
Pulingizga pul qo‘shiladi. Kim oldinga intilishingizga xalal bersa, o‘sha lahzadayoq joyiga o‘tqazib qo‘ying. Niyati buzuq, ko‘ngli qora odamlarga bugun qarz bermang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kuningiz xayrli va omadli kechishini yulduzlar bashorat qilgan. O‘zingiz oldindan ko‘z tikkan ishlarni a’lo darajada ado etish uchun barcha imkoniyatlar bor.
Chayon (24.10 — 22.11)
Omadingiz chopa qolmayotgan bo‘lsa, atrofdagilarni ayblamang. Ular sizga yomonlik qilmoqchi emas va qilmaydi ham. Juftingiz bilan ham yo rashk, yo ro‘zg‘ordagi muammolar tufayli janjallashib qolishingiz mumkin.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ertalabdan kayfiyatingiz ham tushunarsiz holatda bo‘lishi mumkin. O‘zingizni go‘yo ikki dunyo oralig‘ida qolib ketgandek zaif his eta boshlaysiz. Bu vaziyatdan astoydil ter to‘kib ishlasangizgina chiqib keta olasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kunni faqat yangi ishdan boshlang. Shunda pul ham, obro‘, hurmat-izzat ham bo‘ladi. Bu oilaviy hayotingiz bilan bog‘liq. Bir joyda o‘tirib qolsangiz, puldan quruq qolasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ertalabdan kayfiyatingiz ijodga moyil bo‘ladi. Demak, siz tarixda qoladigan ajoyib asar yaratish pallasidasiz. Salomatligingizni esa ko‘z qorachig‘idek asrang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Uy yumushlari qalashib yotibdi. Qarindoshlar bilan munosabatlaringizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Ortiqcha vazndan bezorlar alohida ratsion asosida parhez tutishlari kerak.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


