Salomatlik

Yurak og‘risa, chap qo‘lga “zo‘r keladi”. Buning sababi nimada?

photo 1250

Loading

Yurakdagi og‘riq qo‘lda ham sezilsa, bu har doim ham yurak patologiyasining belgisi bo‘lmasligi mumkin. Kardio muammolar bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlar, masalan, osteoxondrozda ham qo‘lda og‘riq seziladi. Qo‘shimcha belgilar esa og‘riqni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga yordam beradi.

Yurak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq

Agar yurakdagi og‘riqlar chap qo‘lda ham sezilsa, shifokor buni stenokardiya deb taxmin qilishi mumkin. Bemorning ko‘krak qafasida odatiy nafas olishiga xalaqit beradigan og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq nafaqat chap qo‘l bo‘ylab tarqaladi, balki bo‘yin va jag‘larda ham seziladi.

Xurujning xususiyati — odam o‘zi uchun qulay bo‘lgan pozitsiyani egallasa ham o‘zgarmaydi. Og‘riq – nafaqat yurak sohasida, balki chap qo‘l va ko‘krak qafasining orqa tomoni bo‘ylab tarqaladi.

Infarktning belgilari:
– turli intensivlikdagi kuydiruvchi og‘riq;
– nafas yetishmasligi;
– oyoq-qo‘llarning uvishib qolishi.

Keyingi sabab – miokarditdir

Patologiya miokardning yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadi va quyidagilar bilan birga namoyon bo‘ladi:
– bosilganda ko‘krak qafasi sohasida og‘riq;
– yelka va bo‘yinda noqulaylik;
– nafas olishning qiyinlishuvi (paroksismal).

Miokarditda og‘riq o‘tib ketmaydi, aksincha, bemor harakat qilganida ortadi.

Kardio muammolar bilan bog‘liq bo‘lmagan og‘riq sabablari

Yurakdagi og‘riq qo‘lda ham sezilsa, bunga yurak mushaklari bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin.

Shunga o‘xshash hissiyotlar umurtqaning ko‘krak qismidagi osteoxondrozda namoyon bo‘ladi.

Bu yurak sohasida og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nerv tolalarining qisilib qolishi, shuningdek, uni chap qo‘lga berib, harakatlanayotganda uvishish va og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi.

Qovurg‘alar orasi nevralgiyasi stenokardiya xurujiga o‘xshab ketadi, lekin bu kasallik harakat paytida og‘riqning kuchayishi bilan farqlanadi. Qovurg‘alar orasi nevralgiyasi belgilari — og‘riyotgan qismda terining qizarishi va sezgirligining pasayishidir.

Mediastinit – old to‘qimalarining yallig‘lanishi

Bu patalogiyaning sababi ovqat hazm qilish tizimining kasalligi yoki shikastlanishdir. Mediastinit belgilari:
– yutish paytida, shuningdek, nafas olayotganda chap qo‘lda tarqaladigan og‘riq;
– yuz sohasida ko‘karish belgilari;
– isitma;
– yurakning tez-tez urishi;
– yo‘tal tutishi;
– terlashning kuchayishi;
– ovoz xirillashi.

Mediastinitda og‘riq juda kuchli emas, lekin qo‘lda aniq sezilarli darajada kechadi.

Yuqoridagi patalogiyalar chap qo‘lda og‘riq sabablarining barchasi emas. Og‘riq shuningdek, kardionevroz, o‘pka kasalliklari, yelka artriti va boshqa xastaliklar belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Holatning haqiqiy sababini faqat malakali mutaxassis aniqlay oladi. Shifokor og‘riq uchun yetarli davolanishni buyurishi kerak, bemorlarga o‘z bilganicha davolanish tavsiya etilmaydi.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.