Buxoro yangiliklari
Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Djurayev nega Buxoroga keldi?
Aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Djurayev boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh hafta davomida Buxoro viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Bugun, 24-fevral kuni Buxoro viloyati hokimiyat binosida, Ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari mobaynida aholini qiynab kelayotgan muammolar va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari sarhisob qilindi, shuningdek davom ettirilishi zarur bo‘lgan hamkorlikdagi ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqqan holda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Hafta davomida Ishchi guruh tashabbusi bilan viloyat hududida jami 19227 ta xonadonga suyultirilgan gaz baloni yetkazilib, 113 ta mahallani tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. 13,45 km ichimlik suvi tarmoqlari, 0,86 km tabiiy gaz tarmoqlari ta’mirlandi, 116,8 ming m2 (15,5 km) ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi. 116 ta maktab va 104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, shuningdek, 58 ta talabalar turar joyi isitish tizimlarining holati o‘rganildi.
Iste’mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat zaxiralarini yaratish hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, viloyatda 56 ta arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etilib, ularda jami 323 tonna kundalik ehtiyoj iste’mol tovarlari savdoga qo‘yildi. Shuningdek, o‘z mahsulotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish istagida bo‘lgan 38 ta fermer xo‘jaligi egalariga o‘z mahallalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun savdo rastalari tashkil etishga ko‘maklashildi.
Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlik, yoshlar va ayollarning tashabbuskor loyihalariga ko‘maklashish maqsadida, viloyat hududida joylashgan barcha monomarkazlar, mehnat yarmarkalari, kovorking markazlari faoliyatining natijadorligi o‘rganilib, natijasi bo‘yicha 335 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 201 nafari kasbga o‘qitishga yuborildi, 118 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. Shuningdek, 105 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilish,2 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik qilish orqali mehnatga jalb etildi.
Shu bilan bir qatorda, o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolardan 533 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 217 tasi ijobiy hal etilib, 316 tasi nazoratga olindi.
Viloyat hududida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchi va haydovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda 50 ta yo‘l belgilari o‘rnatilib, 43 ta svetofor ta’mirlandi, 34 ta joyda yo‘l belgilarini tiklash kabi boshqa bir qator ishlar amalga oshirildi.
30 ta sanoat obyektlari texnik qo‘riqlovga olinib, 30 ta xonadon, 19 ta olis hududlarda joylashgan obyektlarda signalizatsiya tizimlari o‘rnatildi.
Shu bilan birga, mahallarda aholining murojaatlari bilan ishlash ahvoli va ularni qanoatlantirish darajasi tanqidiy o‘rganilib, bugungi kunda jami 43 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 1093 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi