O‘zbekiston
Olimlar 1735-yilgi jahon xaritasida O‘zbekiston bo‘lganligini aniqlashdi
Uyushmagan xonliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, O‘rta Osiyo mintaqasi 16-18 asrlarda Yevropada tuzilgan tarixiy, siyosiy va etnik xaritalarda va globuslarda “O‘zbekiston” nomi bilan yozilgan.
Ushbu xaritalardan biri hisoblangan “Nova Maris Kaspiiyet Regionis Usbeck” (Kaspiy dengizi va O‘zbeklar mamlakati xaritasi) Rossiya imperatori Pyotr I saroyida xizmat qilgan Gollandiyalik kartograf Avraam Maas tomonidan tuzilgan va 1735-yilda Nyurnbergda nashr etilgan. Unda butun Markaziy Osiyo hududi pushti rangga bo‘yalgan va UZBEK nomi bilan belgilangan [Maas, 1735].
Hozirda 200 dan ortiq bunday xarita va globuslarning nusxalari to‘plangan bo‘lib, ularda Markaziy Osiyoning butun hududi O‘zbek (USBEK, USBESK, Usbechia, Usbecia) deya lotin yozuvida yozilgan.
Bu nomlarning barchasi toponim sifatida berilgan, ya’ni siyosiy birlik — davlat yoki mamlakat nomi.
Ko‘rinib turibdiki “O‘zbekiston” degan nom 3-4 asr avval jaxon miqyosida tan olingan va Markaziy Osiyo xalqlarini “o‘zbeklar” deb atashgan.
Yuqoridagi xaritadagi hududga e’tibor berilsa janubda Hindiston, shimolda Sibirgacha, sharqda Mo‘g‘ulistondan g‘arbda Kaspiy dengizgacha hudud ko‘rsatilgan bo‘lib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Shimoliy Eron, Turkmaniston va Kaspiy dengizi mintaqasining markaziy qismi Kaspiy dengizi va Orol dengizini o‘zida aks etgan.
Xaritada mintaqaning oldingi xaritalarida ko‘rinmaydigan bir qator yangi yo‘llar va hududiy bo‘lishlar mavjud.
Sovet Ittifoqi davrida ya’ni 1920-yildan so‘ng paydo bo‘ldi “O‘zbekiston” degan mamlakat yoki hudud deguvchilar balki endi fikrlarini o‘zgartirishar. Chunki, jahon olimlari O‘rta Osiyo hududini bir nom bilan “O‘zbek” nomi bilan atashgan davrlardayoq paydo bo‘lganini ular chizgan xaritalarda ko‘rish mumkin.
Nima deb o‘ylaysizlar, nega ular bunchalik katta xududni “UZBEK” deb atashdi ekan?
Shunisi ahamiyatliki, bu O‘zbekiston nomi kiritilgan eng qadimgi bosma xaritadir.
Muallif: Farrux Fahriddinov.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi