Buxoro yangiliklari
“Afrosiyob” elektropoyezdi chiptasi uchun 2025-yilning 1-fevralidan yangi narxlar belgilandi
Ma’lumki, “O’zbekiston temir yo’llari” AJda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasida yo’lovchi tashish sohasida bozor tamoyillariga asoslangan narxlar shakillantirildi. Bugungi kunda sohada temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo’lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida 2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tez yurar yo’lovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.
“Afrosiyob” elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:
Toshkent — Buxoro
VIP — 994 000 so‘m;
Biznes — 751 000 so‘m;
Ekonom — 484 000 so’m.
Toshkent — Qarshi
VIP — 854 000 so‘m;
Biznes 634 000 so‘m;
Ekonom 406 000 so’m.
Toshkent — Samarqand
VIP — 619 000 so‘m;
Biznes — 450 000 so‘m;
Ekonom — 294 000 so’m.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yo’nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi