Buxoro yangiliklari
G‘ijduvondan yana xabar: qo‘riqlanayotgan xonadonga kirgan shaxs voqea joyida ushlandi
Kecha, 10-yanvar kuni tungi soat 03:25 lar atrofida G‘ijduvon tumanida joylashgan Qo‘riqlash xizmati nazoratida bo‘lgan xonadonlardan birida favqulodda signal qayd etildi.
Buxoro viloyati IIB dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi Qo‘riqlash xizmatiga kelib tushgan xabarga muvofiq, tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari qisqa vaqt ichida manzilga yetib borib, holatni joyida tekshirdi. O‘rganish jarayonida noma’lum shaxs xonadonning derazasini sindirib, uy ichiga noqonuniy kirgani aniqlandi. Gumonlanuvchi jinoyat sodir etayotgan paytda qo‘lga olinib, huquq-tartibot idoralariga topshirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaxs uy egalari vaqtincha yo‘qligidan foydalanib, mol-mulkni talon-toroj qilish maqsadida xonadonga kirishga uringan. Biroq qo‘riqlash signalizatsiyasi va tezkor harakatlar tufayli jinoyat oxiriga yetkazilmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda surishtiruv va protsessual tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddi idoralar bunday holatlar aholi xavfsizligini ta’minlashda texnik qo‘riqlash tizimlarining muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidlamoqda.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda qo‘riqlash xizmati tizimiga ulangan xonadonlarda sodir etiladigan o‘g‘irlik holatlari sezilarli darajada kamaygan, jinoyatlarning aksariyati esa aynan “issiq izida” fosh etilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


