Jahon
BMT hisobotida Yevropada eng tez o‘sayotgan turistik yo‘nalishlar e’lon qilindi
BMTning Turizm bo‘yicha tashkiloti — UN Tourism e’lon qilgan “Jahon turizmi barometri”ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda dunyoning bir qator mamlakatlarida sayyohlar oqimi ikki xonali sur’atlarda oshgan. Eng tez o‘sayotgan yo‘nalishlar qatorida Islandiya, Braziliya va Misr bor.
Hisobotning 2026-yil uchun ilk soni shuni ko‘rsatdiki, Yaponiya ham dunyodagi eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalishlardan biriga aylandi: 2024-yilga nisbatan 2025-yil noyabriga qadar xalqaro kelishlar 17 foizga oshgan.
Braziliya va Misrda portlash
Braziliyada sayyohlar soni bir yil ichida 37 foizga ko‘paydi. Bunga festival va yirik tadbirlar, xususan, Rio-de-Janeyrodagi mashhur Karnaval katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, 2025 yilda Rio UNESCO tomonidan Jahon kitob poytaxti deb e’lon qilindi, Kopakabana plyajida o‘tkazilgan Ledi Gaganing bepul konserti esa xalqaro auditoriyani jalb etdi.
Misrda esa Buyuk Misr muzeyining 2024 yil oxiridagi sinov ochilishi va 2025 yil noyabridagi rasmiy ochilishi turizmni sezilarli darajada jonlantirdi: mamlakatda o‘sish 20 foizni tashkil etdi.
Yevropada yetakchi — Islandiya
Yevropa bo‘yicha eng tez o‘sish Islandiyada qayd etildi — 29 foiz. 2024 yil oxirida Quyosh faolligining maksimumga chiqishi sabab Shimoliy yog‘du (aurora borealis) kuchaygani ko‘plab sayyohlarni jalb qildi. Shuningdek, avgust oyida Islandiyaning ayrim hududlarida to‘liq Quyosh tutilishi kutilayotgani kelgusi yilda ham o‘sish davom etishidan dalolat beradi.
Yevropadagi boshqa mashhur yo‘nalishlar orasida:
- Marokash — 14% o‘sish,
- Seyshel orollari — 13% o‘sish.
Osiyo va Afrikada ham yuqori sur’atlar
Noyabrgacha bo‘lgan davrda o‘sish qayd etgan mamlakatlar:
- Butan — 30%,
- Gayana — 24%,
- Janubiy Afrika — 19%.
Umumiy ko‘rsatkichlar
2025-yilda dunyo bo‘yicha 1,52 milliard xalqaro sayyoh safarga chiqqan. Yevropa hanuz eng ommabop mintaqa bo‘lib qolmoqda — 793 million tashrif bilan yetakchi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, inflyatsiya va geosiyosiy muammolarga qaramay, 2025 yil davomida sayohatlarga bo‘lgan talab barqaror bo‘lgan, biroq yil oxiriga kelib biroz susaygan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


