Islom
Xurmoning yarmini ehson qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaninglar
Butun olamlarning Parvardigori karami keng, saxovati cheksiz bo‘lgan zotki, U o‘z xazinai g‘aybiyasidan bandalariga qancha in’om qilsa-da, Uning xazinasidan hech bir narsa kamaymaydi. Parvardigorimiz biz bandalarini ham O‘zining sifatlaridan o‘rnak olib, doimo xayru saxovatli bo‘lishga va ehson qilishlikka buyuradi. Keling, shu o‘rinda aslida “ehson” o‘zi nima ekanligi haqida bilib olsak.
“Ehson” deganda birovga biror ne’matni berish va fazlu karam ko‘rsatish tushuniladi. Lekin “ehson” so‘zi lug‘atda “yaxshilik qilish, ezgulik ko‘rsatish” ma’nolarini ham anglatadi. Alloh taolo Qur’oni Karimning bir necha oyatlarida ehson va yaxshilik qilishlikka buyurgandir. Ibrohim surasining 31-oyatida shunday marhamat qiladi: “(Ey Muhammad!) Imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni barkamol ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!”.
Oli Imron surasining 92-oyati karimasida esa shunday deyiladi: “Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (Jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”.
Robbil a’lamin jannatga erishishlikning yo‘llaridan biri bu – suygan narsasidan ehson qilish ekanini bayon qilmoqda. Inson tabiatida shunday bir narsa borki, o‘zi suygan narsasidan voz kechib uni ehson qilish ozgina qiyinroq tuyuladi. Ammo, o‘ylab qaralsa voz kechayotgan narsasi uning evaziga oxiratda qo‘lga kiritadigan mukofoti ya’ni jannatning oldida juda arzimas narsa ekanini tushunib yetadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham infoq-ehson qilishlikka buyurib, Adiy ibn Xotim roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda shunday marxamat qilganlar: “Xurmoning yarmini infoq-ehson qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaninglar”,- deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Alloh taolo barchamizni qilayotgan xayrli ishlarimizni dargohida qabul aylasin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


