Salomatlik
“Hammasiga telefon sabab!” Smartfonlar aslida nimasi bilan zararli?
Aniqlanishicha, bolalar smartfondan qanchalik erta foydalanishni boshlasa, kelajakda ularda shunchalik ko‘p ruhiy kasalliklar paydo bo‘ladi. 6 yoshdan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda faol bolalarda depressiya va tushkunlikka tushish ehtimoli ortadi. Daryo shular ahqida yozmoqda.
Unga ko‘ra, maktabgacha yoshda telefondan foydalanishni boshlagan bolalarda boshqalarga qaraganda o‘z joniga qasd qilish fikri, aybdorlik va tajovuzkorlik hissi ko‘proq uyg‘ongan. Smartfon bilan o‘smirlikda tanishgan bolalar esa o‘zlariga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lib, tengdoshlar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnata olgan.
Telefonga qaramlik bolalarning jismoniy salomatligiga yomon ta’sir o‘tkazish bilan birga:
1. Psixik rivojlanish bosqichini keskin o‘zgartirib yuboradi va bolaning diqqati buziladi;
2. Idrokni o‘zgartiradi, psixologik og‘ishlar yuz beradi, pornografik qaramliklar kelib chiqadi.
Ota-onalar ko‘pincha bolasi telefonni qo‘ymasa g‘azablanadi, aslida ular o‘sha paytda o‘zlari telefonda gaplashayotgan bo‘ladi. Psixologlarning fikricha, bunday tarbiya modelidan voz kechish kerak. Agar oilada gadjetlardan foydalanish taqiqlangan bo‘lsa, kattalar ham mazkur qoidaga amal qilishi shart. Bunday yo‘l orqali bola psixikasining barqarorligini ta’minlash mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


