Hodisalar

Buxoroda davlat idorasida ishlovchi erkakni “shantaj” qilgan talaba qizlar qo‘lga olindi (video)

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro shahrida nufuzli tashkilot xodimining shaxsiy yozishmalaridan g‘arazli maqsadda foydalanib, undan pul talab qilgan tovlamachilar qilmishi fosh etildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ma’lum bo‘lishicha, Buxorodagi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil oluvchi, shaharda ijara xonadonida istiqomat qiluvchi ikki nafar talaba qiz (20 va 21 yosh) oson yo‘l bilan mo‘may daromad topish rejasini tuzishgan.

Ular nufuzli davlat tashkilotida ishlovchi, oilali erkakning ijtimoiy tarmoqlar orqali yozgan xabarlarini o‘z foydalariga burishga qaror qilishgan. Erkakning jamiyatdagi o‘rni hamda oilali ekanligidan xabar topgan qizlar, uni shantaj qilishni boshlashgan. Kelgusida qo‘rqitish vositasi sifatida foydalanish uchun ular o‘zaro suhbat yozishmalarini telefon xotirasiga saqlab qo‘yishgan.

Gumonlanuvchilar ushbu shaxsiy ma’lumotlarni jabrlanuvchining ish joyiga hamda oila a’zolariga ko‘rsatish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qilib, erkakni ojiz ahvolga solib qo‘yishgan. O‘z obro‘si to‘kilishi va sirining oshkor bo‘lishidan qo‘rqqan erkakdan qizlar $500 miqdorida pul talab qilishgan.

Biroq, ularning jinoiy harakatlariga chek qo‘yildi. 2026-yilning 3-iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan ulgurji bozor oldida tezkor tadbir o‘tkazildi. Buxoro shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muofiqlashtirish boshqarmasi tezkor vakillari tomonidan gumonlanuvchilar talab qilingan mablag‘ hisobidan 5 900 000 so‘m pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu moddaga ko‘ra, aybdorlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.