O‘zbekiston

Eski turdagi elektr hisoblagichlar yangisiga bepul almashtirib beradi

pic
Foto: Hetk.uz

Loading

Xonadonida ASKUE tizimiga mos kelmaydigan eski turdagi elektr hisoblagichlari o‘rnatilgan iste’molchilarga tuman va shahar elektr ta’minoti bo‘limlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lumotiga ko‘ra, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi — ASKUE talablariga javob bermaydigan hisoblagichlardan foydalanish ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, bunday qurilmalar mavjud bo‘lgan iste’molchilarda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha hisob-kitoblar va to‘lov jarayonlarida qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Shu munosabat bilan fuqarolardan o‘z xonadonlarida o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarining ASKUE tizimiga mosligini tekshirish va zarurat tug‘ilganda hududiy elektr ta’minoti bo‘limlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ASKUE tizimiga mos keluvchi zamonaviy elektr hisoblagichlari eski qurilmalar o‘rniga jismoniy shaxslarga bepul o‘rnatib beriladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zamonaviy hisoblagichlar elektr energiyasi sarfini aniq hisobga olish, ma’lumotlarni avtomatik uzatish hamda hisob-kitob jarayonlarining shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

Amaldagi talablarga ko‘ra, ASKUE tizimiga bir fazali elektr hisoblagichlaridan EX-18 rusumi, uch fazali hisoblagichlardan EX-518, KAIFA kompaniyasining MA-110 va MA-309 modellari, shuningdek, “O‘zelektroapparat-Electroshield” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan TE-71 va TE-73 rusumli elektr hisoblagichlari mos keladi.

Mas’ullar fuqarolardan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarning oldini olish maqsadida hisoblagichlarning texnik holatiga e’tibor qaratish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.

Ta’kidlanishicha, elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish energiya resurslaridan samarali foydalanish, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.