Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (15.07.2026)
2026-yilning 15-iyul, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugungi kuningiz ramziy ma’noda juda qaynoq kechishi kutilmoqda. Shuning uchun oldindan yangi loyihalarni o‘ylab topavering.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ishlarning barchasini ado etishga ulgurmasangiz, ertangi kun uchun qoldiring. Hayotingizda og‘ir vaziyatlar ko‘zga tashlansa, faqat qalbingizga quloq tuting.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Nimaiki ishga qo‘l ursangiz, oldin shu ish sizga lazzat berish-bermasligi bilan qiziqing. O‘zingiz uchun qiziqarli bo‘lmagan yumushlarga qo‘l urmay qo‘ya qolganingiz ma’qul.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kun mobaynida o‘ta yoqimsiz tuyulgan lahzalarga ham hazil aralash munosabat bildiring. Xotirjamlikni qo‘ldan bermang.
Arslon (24.07 — 23.08)
Agar o‘ylab yurgan rejalaringiz bo‘lsa, ularni hech kimga oshkor qilmang. Ayniqsa, bu tadbirkorlar uchun muhim.
Parizod (24.08 — 23.09)
Moliyaviy ahvolingiz hech bo‘lmasa, kechagidek qolishi uchun xaridlar masalasini kamaytiring. Shundagina pulingizga pul qo‘shila boshlaydi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Oilada yo‘q joydan janjal chiqarmasangiz, bugungi kuningiz ajoyib tarzda kechadi. Uydagilar bilan ro‘zg‘or masalasida kamroq tortishing.
Chayon (24.10 — 22.11)
Oilaviy hayotingizda quvonchli lahzalar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Yaqinlaringiz siz bilan kechadigan suhbatlardan bir olam zavq olishlari va buning uchun sizni chin ko‘ngil bilan olqishlashlari tayin bo‘lib turibdi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kunning birinchi yarmida sizni ishxonangizdan xizmat safariga yuborishlari mumkin. Safarga erta tongdayoq yo‘l olsangiz, barcha ishlarni bitirib, maroqli dam olishga ham ulgurasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Qaysidir mahsulot sizga allergiya berishi mumkin. Buni mutaxassis yordamida aniqlab, bundan keyin o‘sha mahsulotga yaqin bormaslik taraddudini ko‘ring.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ayol va qizlar tashqi ko‘rinishlariga e’tibor qaratishlari lozim. Ovqatlanishda me’yorni biling. Oshqozon va jigarda muammo tug‘ilishidan saqlaning.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ba’zilar bosh og‘rig‘i, varikoz va yurak bezovtaligini boshdan kechirishlari mumkin. Kechqurun xasta qondoshlaringiz bo‘lsa, ular holidan xabar oling.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


