Mashhurlar
Shahzoda Matchonovadan Zarina Nizomiddinovagacha
Turmushi bir yilga ham bormay ajrashgan shou-biznes vakillari
Muqaddas Saʼdullayeva va Sanjar Gʻaniyev
Mashhur aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva Yigitali Mamajonov bilan baxtli hayot kechirishidan oldin birinchi turmushini omadsiz yakunlagan. Aktrisa 2014-yil noyabr oyida Sanjar Gʻaniyev bilan turmush quradi va oradan 6 oy ham oʻtmay ajrashadi. Muqaddas Saʼdullayevaning birinchi turmushidan Saʼdiya ismli qizi bor.
“Meni qadrlamagan odamlardan qochgim keldi. Ruhan toliqdim, yuragim urayotganini sezmagandek edim. Yaratgandan meni oʻz baxtimga yetaklashini soʻradim. Shunday kunlarimda faqatgina qizim menga taskin boʻla oldi”, — deydi aktrisa.
Muqaddas Saʼdullayeva hayotini yangidan boshlashga, oʻtmishini ortda qoldirishga qaror qildi va 2018-yilda aktyor Yigitali Mamajonov bilan turmush qurdi. Hozirda baxtli juftlik uch nafar farzandni: Saʼdiya va Xadicha ismli qizlarni hamda oʻgʻli Abubakrni tarbiya qilmoqda.
Zohid Rizqiyev va Kamola Ortiqova
“Ummon” guruhining sobiq aʼzosi Zohid Rizqiyev va qoʻshiqchi Kamola Ortiqovaning nikoh toʻylari oʻtgan yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan edi. Ular turmush qurishdan oldin 12 yil davomida bir-birlarini yoqtirgan. Biroq, oktyabr oyining oxirida Kamola Ortiqova muxlislariga oilasidagi muammolar haqida gapirdi. Kamola Ortiqovaning aytgan gaplariga koʻra, hozir birga yashamayotgan juftlikning ajrashishi aniq boʻlgan. Biroq sanʼat olamining ikki taniqli vakili ham nima sababdan ajrashayotganini maʼlum qilmagan, shuningdek, Kamola Ortiqova Zohid Rizqiyev bilan qayta yarashmasligini bildrigan. Qizigʻi shundaki, Kamola Ortiqova toʻylarining 1 yillik yubileyiga 1 hafta qolganida ajrashayotganini maʼlum qilgan.
Milena Madmusayeva va Abduhamid Xalilov
Opera va estrada xonandasi Milena Madmusayeva “Oazis” guruhi prodyuseri Abduhamid Halilovga 2016-yilning bahorida turmushga chiqdi. Oradan bir yil oʻtib ularning oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Milena Madmusayevaning maʼlum qilishicha, ular atigi 10 oy birga yashagan va oilada unga koʻrsatilgan munosabatdan soʻng ajrashishga qaror qilgan.
“Kelinlik vaqtimda qaynonam endi ota-onangni unutasan deb telefonimni olib qoʻydi. Har juma kuni erimning oldida ota-onam bilan ikki daqiqa telefonda gaplashishga ruxsat berilardi. Qaynonam nega menga bunaqa munosabatda boʻlgan bilmayman. Yigʻlaganimda esa u: ʻBoʻldi, men ham kelin boʻlganman, oʻzi shunaqa boʻladi. Ota-onangizni unuting, ulardan voz kechingʻ,— derdi. Shulardan keyin sabrim yetmadi”,— deydi xonanda.
Kamila Gimandinova va Farrux Habibullayev
Kamila Gimandinova Farruh Habibullayev bilan 2020-yil mart oyida turmush qurdi. Biroq oradan 6 oy oʻtgach ular ajrashishga qaror qildi. Shu yilning iyun oyida aktrisa Kamila Gimandinova Eylin ismli qizning onasi boʻldi. Farzandi tufayli yarashib olgan juftlik oradan biroz vaqt oʻtmay yana ajrashganini maʼlum qildi.
Zarina Nizomiddinova
Oʻzbek kino olamida oʻz oʻrniga ega boʻlgan aktrisa Zarina Nizomiddinova birinchi turmushidan ajrashganidan soʻng ikkinchi bor rejissyor bilan turmush qurdi. Uning bu turmushi bir yilga ham bormagan. Boisi, toʻydan oldin aktrisaga katta vaʼdalar bergan rejissyor keyinchalik unga bergan hech bir vaʼdasini bajara olmagan va shu tufayli ular ajrashgan. Aktrisa hozirda ikki nafar oʻgʻil farzandni tarbiya qilmoqda.
Shahzoda Matchonova
Mashhur aktrisa Shahzoda Matchonova futbolchi bilan turmush qurgan. Koʻpchilikning nazdida ular baxtli hayot kechirayotgandek tuyulgan ammo Shahzoda Matchonova bu vaqtda allaqachon turmush oʻrtogʻi bilan ajrashib boʻlganini maʼlum qilgan. Aktrisa hozirda ikkinchi bor turmush qurgan va baxtli hayot kechirmoqda.
Yigitali Mamajonov va Nigina
Aktyor Yigitali Mamajonov Muqaddas Saʼdullayeva bilan turmush qurmasdan oldin ikki marotaba oila qurgan. Birinchi rafiqasi taniqli xonanda Rayxon bilan uch yil davomida birga hayot kechirgan boʻlsa-da, ikkinchi rafiqasi qozogʻistonlik oʻzbek millatiga mansub Nigina ismli qiz bilan bir yildan sal koʻproq vaqt yashagan. Yigitali Mamajonov Niginaga 2017-yilning iyun oyida uylangan va aktyorning u bilan turmushidan bir nafar qiz farzandi bor. Yigitali Mamajonov yaqinda bergan intervyularining birida “Men oilaviy munosabatlarda juda qattiqqoʻlman, Nigina mening talablarimni bajara olmadi. Men uni biror ish qilishi uchun majburlay olmasdim, shuning uchun ajrashishga qaror qildik”, — deydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi