Mashhurlar
“Sharq” guruhi aʼzolari bir-biri uchun nimalardan voz kechganini aytishdi
“Faqat yaxshi tomonlarini koʻrishga harakat qilaman”, — deydi Sarvar Akbarov.
“Sharq” guruhi aʼzolari Sarvar Akbarov hamda Tatyana Zaytseva YouTubeʻdagi “Birzum tv” loyihasiga bergan intervyusida bir-biri uchun nimadan voz kechgani haqidagi savolga javob berdi.
Guruh aʼzosi Sarvar Akbarovning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻining yaxshi tomonlarini koʻrishga harakat qiladi. Tatyana Zaytsevani yaxshi doʻst, turmush oʻrtoq, suhbatdosh ekanini aytdi. Shu bilan birga, Sarvar Akbarov ayoli uning asabiga tegib turishini taʼkidladi.
“Birinchi navbatda boʻydoqlikdan voz kechganman. Yaxshi turmush oʻrtoq boʻlsa, voz kechishmas, balki teskarisi yaxshi narsa orttirish boʻlsa kerak deb bilaman. Faqat yaxshi tomonlarini koʻrishga harakat qilaman. Shundoq ham yaxshi doʻst, suhbatdosh, maslahatdosh, issiq-sovuq kunda yonigizda. Baʼzida asabga oʻynab turadigan joylarini aytmasangiz, qolgan hammasi yaxshi”, — deydi Sarvar Akbarov.
Tatyana Zaytseva talabalik paytlari Amerikaga ketishni rejalashtirgan. U tashqi koʻrinish jihatdan ham chet elliklarga oʻxshashini aytdi. Biroq xonanda hozir Oʻzbekistonda boʻlganidan xursand ekanini taʼkidladi.
“Talabalik paytlarimda men Amerikaga ketaman deb oʻylagandim. Chunki ingliz tilini yaxshi bilardim. Umuman boshqacha edim. Har doim chet eldan kelgan odamlarga oʻxshab yurardim. Aniq bilardim, Amerikaga boraman, oʻsha yerda ishlayman, oʻqiyman va yashayman. Keyin hayot oʻzgardi. Men ʻOʻzbegim yoshlariʻ ansambliga ishga kirdim. Oʻsha yerda 6 yil ishladim va keyin hayot Sarvar aka bilan uchratdi. Lekin hozir Oʻzbekistonda boʻlganim uchun juda ham xursandman. Hammasi oʻz joyida”, — deydi Tatyana Zaytseva.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi