Buxoro yangiliklari
Buxoroliklar dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Joriy yilning 8-iyulidan 21-iyulga qadar Tailand poytaxti Bangkokda dzyudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqada 55 kg vazn toifasida Buxoro tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Anvar Ibrohimov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bugun esa vazni 73 kg gacha bo‘lgan sportchilar bahsida tatamiga chiqqan mazkur maktab-internatning yana bir tarbiyalanuvchisi Hojiakbar Toshev bronza medaliga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, dzyudo (yaponchada dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. Unga Dzigoro Kano (1860—1938) 1882-yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifatida shakllantirdi. Dzyudochilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalangoyoq tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 ta vazn toifasida (erkaklarda 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, 100 kg, 100+ kg, ayollarda 48 kg, 52 kg, 57 kg, 63 kg, 70 kg, 78 kg, 78+ kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 daq., ayollarda 4 daq. davom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yelkadan oshirib otish va h.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib, baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 soniya davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga «koko», «yuko», «vazari» va «ippon» baholari beriladi («ippon» — sof gʻalaba, 2 ta «vazari» — gʻalaba, «yuko» va «koko» baholari sanab borilib, yakunda inobatga olinadi).
Dzyudo boʻyicha musobaqalar 1883-yildan oʻtkaziladi. Xalqaro Dzyudo federatsiyasi (FIJ) 1956-yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan Dzyudo federatsiyasi aʼzo (1991-y). 1956-yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi