Salomatlik

“Muzdek mahsulotlar chanqoqni bosmaydi. Aksincha…” – mutaxassis

photo 375

Loading

Jaziramada muzdek suv yoki sharbat, albatta, jonning rohati. Sovutkichdan olib iste’mol qilingan sersuv meva-sabzavotlar ham tanamizga xush yoqishi, tabiiy. Ayniqsa, bunday pallalarda muzqaymoqdan bosh tortish juda qiyin.

Mutaxassislar esa yoz chillasida shu kabi mahsulotlar iste’molidan tiyilib turishni maslahat berishadi. Bu o‘rinda gap faqat muzdek ne’matlarni tanavvul qilib, tomoq yoki boshqa ichki a’zolarni shamollatib qo‘yishimizdagina emas!

— Oqsilga boy mahsulotlarni hazm qilish uchun organizm o‘zidan juda ko‘p issiqlik chiqarishi kerak, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor Alimov. — Bu jarayon tibbiyotda termogenez deb ataladi.

Sodda qilib tushuntiraman. Jaziramada bitta muzqaymoq yedingiz. Vujudingiz qizib turibdi. Endi tanangiz oshqozonga tushgan o‘sha muzday mahsulotni hazm qilishi zarur. Buning uchun, avvalo, uni normal haroratgacha qizdirishi kerak.

Bu jarayon esa organizmni zo‘riqtirishi barobarida, shundoq ham issiq tanada harorat oshishiga olib keladi. Oqibatda kuchli charchoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Bosh yoki yurak sohasida og‘riqlar paydo bo‘ladi.

Shu ma’noda, yoz chillasida xona haroratida suv ichish va taom iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Ba’zi mahsulotlar buyraklar faoliyati buzilishiga sabab bo‘lib, peshob ajratish jarayonini tezlashtiradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Tarvuz, mango, arpabodiyon, selderey, qushqo‘nmas shular jumlasidan.

Achchiq qalampir tarkibida kapsaisin moddasi mavjud. U tanani bir muddat qizdiradi. Ammo jazirama paytida achchiq ovqat ahvolni yanada yomonlashtirishi mumkin.

Qolaversa, qalampir issiq paytda tanada kuchli terlashni hosil qiladi. Oqibatda organizm sezilarli miqdorda suv yo‘qotadi.

Shunday ekan, anomal issiq haroratda parhez qilish – eng to‘g‘ri va oqilona chora.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.