O‘zbekiston
Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Internetda Rossiya Federatsiyasi hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
Rossiyadagi yurtdoshlarimiz va ularning yaqinlari diqqatiga!
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga binoan, moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida» gi Qonunning 25-moddasiga ko‘ra, chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga xizmatga kirganlar O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinadi.
Mabodo siz Rossiyada ishlayotgan bo‘lsangiz, pulga qiziqib yoki turli yolg‘onlarga ishonib, Ukrainadagi harbiy harakatlarga zinhor qatnashmang! Pul evaziga odam o‘ldirish uchun yollanish katta gunoh va og‘ir jinoyatdi. Boz ustiga Siz ikkala davlat uchun ham begonasiz!
Urushga borsangiz, yoki halok bo‘siz yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolasiz, yoki mabodo sog‘-omon qaytsangiz ham 10 yilga qamalasiz!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi