O‘zbekiston

TikTok vaqti

photo 48

Loading

O‘zbek tiktokeri va xonanda Ruxsora bloger Dina Sayevaning «Seni izlayapman» qo‘shig‘iga kover kuyladi.

Keyinchalik Dina Sayeva ushbu o‘zbekcha kover qo‘shiqni kuylab, raqsga tushgan videosini TikTok’ka joyladi.

Tiktoker joylagan postga allaqachon 207 mingdan ortiq like bosilgan va 6 mingdan ortiq izoh yozilgan. Shuningdek, ushbu qo‘shiqqa amerikalik yana bir mashhur tiktoker 19 yoshli Bella Porch ham video olgan. Shu tariqa kover ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli Dina Sayeva videobloger, TikTok’ning rus segmentidagi eng ommabop akkauntlardan birining egasi hisoblanadi. Qiz asli tojikistonlik, ammo u maktab o‘quvchisi bo‘lgan kezlarida oilasi Yekaterinburgga ko‘chib o‘tgan. Madina Basayeva (asl ismi)ning so‘zlariga ko‘ra, uning bolaligi juda qiyin o‘tgan. Xususan, Yekaterinburgdagi uy egasi oilasini yoqtirmagan va ularni uydan quvib chiqargan. Qiz, ota-onasi, opa-singillari va akasi do‘stlari bilan tiqilib, tunni diskotekalar o‘tkaziladigan xonada o‘tkazishgan.

Oradan vaqt o‘tib, Dina Moskvaga ko‘chib o‘tgan va o‘zbekistonlik tiktoker Rahim Abramov bilan video suratga olishni boshlagan. Shundan keyin o‘zini haqiqiy bloger kabi his qila boshlagan. Rahim Abramov va Dina Sayevaning hatto ishqiy munosabatda bo‘lganliklari aytiladi, ammo bugungi kungacha ularning bunday aloqalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Shuningdek, Sayeva ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pincha rus qo‘shiqchisi Yegor Krid bilan birga ko‘ringan. Ular bir necha bor birgalikda qisqa videolar suratga olishgan va birga vaqt o‘tkazishgan. Dina, hatto Kridning «Sevgi bu» nomli klipida suratga tushgan. Shundan so‘ng ularning ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar ijtimoiy tarmoqda tarqala boshlagan. Ammo ular tez orada o‘rtalarida do‘stlikdan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qilishgan. Shuningdek, 2020-yil bahorida Yegor Instagram’da Dinani bloklab qo‘ygan. Bu esa ularning do‘stligi tugaganligidan darak bergan.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.