Salomatlik

Kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerak?

photo 844

Loading

Bilib qo‘yish muhim bo‘lgan qoidalar

Har bir ayolning garderobida boshqalariga qaraganda kamroq yoki tez-tez yuviladigan kiyimlar bor. Biroq ularning turiga qarab kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerakligini qanday bilish mumkin? Albatta, har bir narsaning o‘ziga xos “muddati” bor, shunga ko‘ra yuvish ularni tezda eskirib ketishining oldini oladi.

Jinsilar
Jinsilar unchalik tez kir bo‘lmaydi, shuning uchun ularni har 2 haftada 1 marta yuvish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, ular deyarli sovuq suvda va konditsionersiz yuvishga arziydi. Agar ularni tez-tez mashinaga tashlasangiz, shunchaki cho‘zilib ketishi mumkin. Ammo bu qoida bolalar shimlariga taalluqli emas – ularni tez-tez yuvish kerak, chunki bola kiyimini juda tez kir qilishi mumkin.

Koftalar
Koftalarni qancha muddatda yuvish uning materialiga bog‘liq. Agar kofta ipak, kashmir yoki paxtadan tikilgan bo‘lsa, 2 marta kiyilganidan keyin yuvish mumkin. Biroq jun yoki sintetika koftalarni 5 marta kiyingandan keyin mashinaga tashlash tavsiya etiladi.

Chaqaloq kiyimlari
Ular har kuni yuvilishi kerak. Axir bola kiyimining yengini og‘ziga solishi mumkin, agar u yetarli darajada toza bo‘lmasa, turli xil mikroblar og‘iz bo‘shlig‘i orqali bolaning ichiga kirib boradi.

Pijama
Odamlar uxlayotganlarida terlashga moyil bo‘lganligi sababli ,pijama har 3 kunda yuvilgani yaxshiroq. Agar terlash juda kuchli bo‘lsa, har kuni yuvish tavsiya etiladi.

Choyshablar
Choyshabni haftada 1 marta yuvish mumkin. Muhim qoidalarga rioya qilish kerak, buning uchun eng maqbul kir yuvish kukuni va konditsionerni tanlab, kamida +60 daraja harorat suvda yuvish lozim.

Yostiq va ko‘rpalar
Yostiq va ko‘rpalarni har 3 oyda yuvish tavsiya etiladi. Agar uyda yuvishning iloji bo‘lmasa, maxsus kimyoviy tozalashga berish mumkin. Biroq bu masalani e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, chunki allergiyaga olib keladigan infeksiyalar yostiq ichida to‘planishi mumkin.

Sochiqlar
Sochiq 3 marta ishlatilgandan keyin yuvish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sochiqlar hammom kabi qorong‘i, nam xonada emas, balki ochiq quyoshda quritilishi kerak.

Paypoq va kolgotkalar
Bular har safar kiyilganda yuvilishi kerak. Vizual ravishda ular toza ko‘rinsa ham yuvishni unutmaslik lozim.

Svitshot va xudilar
6 yoki 7 marta kiyilgandan keyin ularni yuvish kifoya qiladi. Chunki, ular tanaga tegmaydi, odatda ularning ostidan futbolka kiyiladi.

Shim va yubkalar
Agar ko‘zga tashlanadigan dog‘i bo‘lmasa, ushbu kiyimlarni 6-7 marta kiyilganidan so‘ng yuvish mumkin.

Ko‘ylak va bluzkalar
2 yoki 3 marta kiyilgandan keyin ularni yuvish kifoya qiladi. Yoz oylarida ko‘p terlash natijasida, 1 marta kiyilganidan keyin yuvish tavsiya etiladi.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.