Buxoro yangiliklari
Buxoro “GUVD” da fuqaro oʻlgani rostmi? Barcha faktlar ayon boʻldi
Kecha, 2-dekabr kuni internetda Buxoro shahridagi IIB binosida Vobkent tumanida tug‘ilgan 35 yoshli H. Q. vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Xabarda aytilishicha, marhum mashinalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan boʻlib, xaridorlar bilan pul bo‘yicha muammo kelib chiqqani sababli uni IIB binosiga chaqirishgan. 29-noyabr kuni esa uning ukasiga telefon qilib, akasini olib ketishi mumkinligini aytishgan. U IIB binosiga kelganida uni tez yordam olib ketganini aytishgan. Kasalxonaga borishgan yaqinlari u yerda marhum allaqachon vafot etgani hamda uning tanasida qiynoq va jarohat izlari, xususan bosh qismi qattiq shikastlanganligini ko‘rishgani haqida yozilgan.
Aytish kerakki, ushbu xabar bir necha soat ichida ancha shov-shuvga sabab boʻldi. Sababi, shu kunlarda mamlakatimizning turli viloyatlarida shunga oʻxshash “yangilik”lar odamlar orasida vahima uygʻotib, IIB ga boʻlgan ishonch yoʻqolib borishiga olib kelayapti.
Ammo, Buxorodagi holatda buning umuman aksi boʻlib chiqdi. Chunki, viloyat IIB axborot xizmati tezkorlik bilan yuqoridagi xabarga munosabat bildirar ekan, barchasi oydinlashdi.
Jumladan, Buxoro viloyatining Vobkent tumanida 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro H. Q. ning o‘limiga oid turli talqinlar tarqatilayotganligi uchun ham Buxoro IIB aniqlik kiritib oʻtdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 28-noyabr kuni guvoh tariqasida jalb etilgan fuqaro H. Q. haqiqatdan ham soat 15:00 lar atrofida Buxoro shahridagi 4-son IIB ga jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish uchun kelgan. Lekin tergovchi xizmat vazifasi bilan boshqa joyda bo‘lganligi sababli, IIB binosiga kirmasdan, qaytib ketgan boʻlib, holat binodagi videokameralarga tushgan.
Shundan so‘ng fuqaro H. Q. yoʻldan taksi (“80 | Z 015 OA” raqamli Matiz) to‘xtatib, uni Buxoro shahridagi “Fayziobod” jom’e masjidiga olib borishini so‘ragan. Biroz oʻtib, taksi haydovchisining soʻzlariga koʻra, mashinadagi yoʻlovchining sog‘lig‘i yomonlashib, og‘zidan ko‘pik chiqqan va u hushini yo‘qotgan. Shundan soʻng, hushsiz yo‘lovchi tezkorlik bilan Buxoro shahridagi kasalxonaga yetkazgan.
U yerda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro H. Q. shu kuni soat taxminan 21:00 larda kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra, biologik o‘lim holati “tutqanoq sindromi, o‘pka va miyaga kislorod o‘tkir yetishmovchiligi” oqibatida yuz bergan.
Tekshiruv jarayonida murdani badanida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.
Qoʻshimcha ravishda mazkur holat Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining bildirishicha, fuqaro H. Q. Buxoro shahar IIOFMB Tergov guruhi yurituvida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismining “v”, “g” bandlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha jalb qilingan.
Shu oʻrinda, internet tarmogʻida tarqatilayotgan har bir xabar ham ishonchli emasligi (agarda u rasmiy tashkilot tomonidan eʼlon qilinmasa) hamda maʼlumotlarni joylashtirishdan oldin barcha OAV, bloger va boshqa shaxslardan maʼlumotlar daxldor boʻlgan tashkilot matbuot xizmati bilan bogʻlanib, oydinlik kiritib, soʻngra eʼlon qilinishi mumkinligi haqida eslatib oʻtamiz. Zero, yolgʻon axborot, jamiyatda notoʻgʻri talqin qilinishiga, buning oqibatida esa mazkur xabarlarni tarqatgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning qonun oldidagi javobgarligi maʼmuriy va/yoki jinoiy kodeksdagi tegishli bandalar orqali ogʻirroq jazoga tortilishiga asos boʻladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi