Islom

Ayollarga erkak qarindoshi hamrohligisiz Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berildi

photo 183 1

Loading

Saudiya Arabistonida ayollar birinchi marta mahrami, yaʼni yaqin qarindoshi – erkak hamrohligisiz Hajga borishga hujjat topshirishi mumkin boʻladi. Bu haqda mamlakatning Haj va Umra vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik joriy mavsumda Haj ziyoratiga borish istagida boʻlganlar, jumladan, qirollikda yashash ruxsatnomasiga ega saudiyalik ayollar, boshqa musulmon ayollarni muddatidan oldin roʻyxatga olish imkoniyatini eʼlon qildi. Roʻyxatga olish qoidalariga koʻra, elektron shaklga hamrohlik qiluvchi shaxsning kiritilish yoki yoʻqligi anketani toʻldiruvchi ayol ixtiyoriga qoʻyilgani qayd etilgan.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari boʻyicha vazirlik vakiliga koʻra, mamlakat rasmiylari “bu yil Haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun mahram boʻlishini talab qilmaslikka” qaror qilishgan. Ushbu holatda musulmon ayol haj ziyoratini albatta “ayollar guruhi tarkibida” amalga oshirishi shart.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.