Özbekiston
“Metan zapravka” lar faoliyati butunlay to‘xtatildi
Bugun, 12-yanvardan boshlab respublikamizdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ishlamasligi e’lon qilindi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Hammamizga ma’lumki, ayni kunlarda respublikamizning to‘liq hududlarida bo‘lgani kabi, Buxoroda ham anomal sovuq harorati kuzatilayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimi keskin ravishda pasaymoqda.
Shu munosabat bilan Energetika vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Jumalda, joriy yilning 12-yanvar kunidan boshlab ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati ham qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi.
Buning oqibatida ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi.
Havo harorati keskin sovigan shu kunlarda jamoat transportlaridan foydalanishin maqsadga muvofiq bo‘ladi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


