Islom

Ramazon oyidan tashqari yana qaysi oylarda ro‘za tutsa bo‘ladi?

photo 1177

Loading

Savol: Ramazon oyidan tashqari yana qaysi oylarda ro‘za tutsa bo‘ladi?

Javob: Bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun «Hadis va Hayot» turkumining ro‘zaga bag‘ishlangan juzini o‘qishni tavsiya qilaman. Unda batafsil javob berilgan. Mazkur kitobni topib o‘qiguningizga qadar qisqaroq javob berib turaman.

Ramazondan tashqari har qanday vaqtda ro‘za tutish joiz. Faqat hayit kunlari ro‘za tutish man qilingan.

Ushbu kunlarda ro‘za tutishning savobi ko‘proq:
1. Muharram oyining ro‘zasi (bu oyda ko‘proq nafl ro‘za tutishga targ‘ib bor);
2. Ashuro kunining ro‘zasi (muharram oyining o‘ninchi kuni);
3. Rajab oyining ro‘zasi (bu oy harom oylardan hisoblanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam harom oylarda ko‘proq nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilganlar. Harom oylar: muharram, zulqa’da, zulhijja va rajab oylari);
4. Sha’bon oyining ro‘zasi;
5. Shavvol oyida olti kun ro‘za tutish;
6. Zulhijjaning boshida to‘qqiz kun ro‘za tutish;
7. Hojidan boshqalar uchun Arafa kuni ro‘za tutish;
8. Har oydan uch kun ro‘za tutish (bu uch kun oq kunlarga to‘g‘ri kelsa, yanada afzaldir. Oy to‘lishib, o‘n uch kunlik bo‘lganda eng yorug‘ bo‘ladi. Ana shu o‘n uchinchi va undan keyingi o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi kechalar oq tunlar deyiladi);
9. Dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutish;

Shuningdek, Alloh uchun eng mahbub ro‘za Dovud alayhissalomning ro‘zalari bo‘lib, kunora ro‘za tutish maqbul ko‘rilgandir.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.