Islom
Tik turgan holda ovqat yeyish haqida Islomda nima deyilgan?
Savol: Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tik turgan holda ovqat yeyishlik haqida hadislar kelganmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizga ko‘ra tik turib yoki yo‘lda yurib taomlanish makruh amal sanaladi. Bu tarzda taomlanish odob-axloq qoidalariga ziddir. Anas ibn Molik hamda Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:
عَنْ أَنَسٍ وأَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رضي الله عنهما أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ زَجَرَ ( في لفظ : نَهَى) عَنْ الشُّرْبِ قَائِمًا قَالَ قَتَادَةُ لأنس : فَقُلْنَا فَالْأَكْلُ، فَقَالَ: «ذَاكَ أَشَرُّ أَوْ أَخْبَثُ » (رواه الامام مسلم).
ya’ni: “Albatta Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib suv ichishdan man’ qildilar (boshqa rivoyatda, qaytardilar deyilgan)” dedilar. Shunda Qatoda raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga “Tik turib yeyishchi?”, deb so‘radi. Anas raziyallohu anhu “Tik turib yeyish — tik turib suv ichishdanda yomonroq va xunukroqdir”, deya javob berdilar” (Imom Muslim rivoyati).
Ibn Hajar Asqaloniy o‘zlarining «Fathul Boriy» kitoblarida ushbu hadisni sharhlab shunday deydilar:
قال ابن حجر » قيل وَإِنَّمَا جُعِلَ الْأَكْلُ أَشَرَّ لِطُولِ زَمَنِهِ بِالنِّسْبَةِ لِزَمَنِ الشُّرْبِ » انتهى من «فتح الباري
ya’ni: “Tik turib taom yeyishni tik turib suv ichishga nisbatan yomonroq ekaniga sabab — taom yeyishga suv ichishdan ko‘ra ko‘proq vaqt sarflanadi” (10-juz, 82-bet).
Demak, zaruratsiz tik turgan yoki yurgan holda taom yeyish, suv ichishdan saqlanish lozim ekani ma’lum bo‘lmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi