Buxoro yangiliklari
“Turon” PFK bosh murabbiyi: “Baqoyev futbol 90 daqiqa o‘ynalishini ko‘rsatib qo‘ydi”
Joriy yilning 27-iyul kuni Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida “Buxoro” PFK o‘z maydonida “Turon” PFK bilan qizg‘in bahs o‘tkazdi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turon” PFK ning mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdik. Hisob 2:0 bo‘lgach, g‘alabaga erishdek deb xotirjamlikka berildik. Baqoyev bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirib, futbol 90 daqiqa o‘ynalishini ko‘rsatib qo‘ydi. So‘nggi daqiqada omadimiz kelib g‘alaba qozondik.
Jangovar bahs guvohi bo‘ldik. Qizil kartochkadan so‘ng mezbonlar biroz qiynalishdi. Yigitlar ko‘rsatmalarni deyarli to‘liq bajarishdi. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz va har bir bellashuvda bizga 3 ochko zarur. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, bugun g‘alabani kutmagan edim. Boisi, jamoa yangidan tashkil etildi va yigitlar ham hali yosh.
Penalti bo‘lgan vaziyatda men uzoqda edim. Hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladimi, demak kontakt bo‘lgan”, – dedi Nazarov.
Shuningdek u Jumanqo‘ziyev jamoa safiga so‘nggilardan bo‘lib qo‘shilganligi, “Rubin” bilan kechgan uchrashuvlarda uni maydonga tushganligi ni e’tirof etib, hozirgi uchrashuvda ham yaxshi harakat qilganligini alohida qayd etdi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


