Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyat FVB o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qiladi
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyalar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi 2024-yil 10-oktabrdan 11-noyabrga qadar quyidagi lavozimlariga pedagog kadrlarnitanlov asosida ishga qabul qiladi
1 nafar katta o‘qituvchi
Ushbu lavozimga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs, magistr diplomli mutaxassis, shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
1 nafar o‘qituvchi
Ushbu lavozimga oliy toifali tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha pedagog qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashishni xohlovchilar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza va unga ilova qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
— kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;
— ma’lumotnoma (obektivka);
— oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
— ilmiy darajaga egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
— ilmiy unvonga egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
— ilmiy ishlar (monografiya, maqola, tezis va ma’ruza) va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar nusxasi va ro‘yxati;
— malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi.
Tanlov uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron nusxalarini fvvfmi@umail.uz ga taqdim etishlari so‘raladi.
Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 10-uy.
Batafsil ma’lumotlar uchun: (+998) 65-220-94-09, (+998) 65-220-94-10.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


