Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (31.12.2025)
Munajjimlar bashorati (31-dekabr, seshanba)
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun kuningiz kutilmagan sovg‘alar va bir-biridan yoqimli tanishuvlarga boy bo‘ladi. Barchasi xuddi ertaklardagidek sehrli kechadi. Faqat bu lahzalarni qadrlang.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun barcha jabhalarda ishlaringiz o‘ngidan kela boshlaydi. Tog‘ni ursangiz tolqon qiladigan darajadagi kuchga ega bo‘lasiz.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Moliyaviy muammolar bugun sizga hadeganda bo‘ysuna qolmasligi mumkin. Biroq buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Shoshilmasdan, xotirjamlikda ish tutsangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugungi kun bir umr yodingizda qolsa ajab emas. Ajoyib odamlar davrasida bo‘lishingiz, go‘zal muloqotlarni ko‘rib baxtdan qo‘shiq kuylab yuboray deysiz.
Arslon (24.07 — 23.08)
Qachonlardir o‘tgan ko‘changizdan bugun ham o‘tishingiz zarur bo‘ladi. Lekin bu o‘tmishga qaytish degani emas. Taqdirning sovg‘asi xolos.
Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun ko‘ngilsiz vaziyatda qolib ketishingiz mumkin. Bu balodan nari bo‘lish ham o‘zingizga bog‘liq. Do‘stlaringiz ustingizdan hukm o‘tkazishni xohlab qolishi kutiladi. Bunga yo‘l qo‘ymang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun tarozi burji ostida tug‘ilgan ayollar, qizlar uchun omad kulib boqadi. Pullaringiz yetarli. Bir qismini garderobingizni yangilash, tashqi qiyofangizni o‘zgartirish uchun sarflasangiz, hech narsa bo‘lmaydi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun imkon boricha kayfiyatingizga o‘rlagan negativlarni nari haydab, ular o‘rnini pozitiv bilan to‘ldiring. Bayram kayfiyatida bo‘ling!
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun anchadan beri bartaraf etilmay, yuragingizni qon qilgan muammo kutilmaganda intihosini topadi. Shu narsa sizga yengillik beradi. Hatto, birovlar ko‘magisiz muammoni bartaraf eta olasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Har qanday mavzu va ko‘rinishdagi bahslarda faqat siz g‘olib bo‘lasiz. Hatto, sizga muvaffaqiyatlaringiz uchun mukofot ham berishadi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yaqindagina tanishgan bir odamdan muhim xabar eshitishingiz kutiladi. U shaxsiy hayotingizdagi muammolarni bartaraf etishda bajonidil yordam beradi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Salomatligingiz haqida qattiq qayg‘urishingiz shart emas. U bugun sizga pand bermaydi. Lekin agarda muolajalar olayotgan bo‘lsangiz, oxiriga yetkazishingiz lozim bo‘ladi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


