Islom
U azob (bir) olovdirki, ular ertayu kech o‘shanga ko‘ndalang qilib (kuydirilurlar)
Ulamolarning aytishlaricha kofirlarning ertayu-kech olovga ko‘ndalang qilib kuydirilishlari Qiyomat kunida emasdir. Alloh ta’oloning keyingi so‘zlari bunga dalil:
“Qiyomat soati qoim bo‘ladigan kunda esa (do‘zax ahliga): «Fir’avn xonadonini eng qattiq azobga kiritinglar (deyilur)” (Gʻofir surasi, 46-oyat).
Shuningdek, oyatdan murod ularning dunyoda olovga ko‘ndalang qilinganlari emas. Chunki bu dunyoda Fir’avn xonadoni ertayu-kech olovga ko‘ndalang qilinganlari yo‘q. Demak bu olovga ular o‘lganlaridan so‘ng ya’ni, qabrda ro‘baro‘ bo‘ldilar.
“Ular o‘z xato-gunohlari sababli g‘arq qilinib, do‘zax otashiga kiritildilar. Bas, o‘zlariga Allohdan o‘zga yordamchi topa olmadilar” (Nuh surasi, 25-oyat).
Ulamolarning aytishlaricha oyatdagi, “faudxilu” so‘zidagi “fa” harfi o‘z ma’nosiga ko‘ra ularning oxiratdan oldinroq bo‘ladigan olovga kiritilganlarini bildiradi. Chunki bu harf “tezda”, “darhol” degan ma’nolarni anglatadi. Shuningdek bu ma’noni oyatdagi “kiritildilar” fe’lining o‘tgan zamon siyg‘asida keltirilishi ham ta’kidlaydi.
“Albatta zolim-kofir bo‘lgan kimsalar uchun bundan ilgari ham azob-uqubat bordir” (Tur surasi, 47-oyat).
Aytishlaricha, bu azob-uqubat qabrdagi azobdir. Chunki Alloh taolo buni quydagi so‘zidan keyin zikr qilgan: “Bas, (Ey Muhammad) siz toki o‘zlari halok qilinadigan Kunlariga ro‘baro bo‘lgunlaricha (ularni) tark qiling” (Tur surasi, 45-oyat).
Oyatda aytilayotgan kun dunyodagi eng so‘nggi kundir. Demak, ular tortayotgan azob qabr azobidir.
“Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, unga torchilik hayoti bo‘lur va qiyomat kuni uni ko‘r holida tiriltirurmiz”, dedi. (Toha surasi, 124-oyat).
Abu Sa’id Xudriy va Abdulloh ibn Mas’udlar oyatdagi “zonkan” ya’ni, “tang-baxtsizlik” so‘zini qabr azobi deb tafsir qilishgan ekan.
Abu Hurayradan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlar albatta uning tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni Qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz, tang-baxtsiz hayot o‘zi nima ekanini bilasizlarmi?. Alloh va rasuli bilguvchiroqdir”,- deb javob berishdi sahobalar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “(Bu oyat) kofirlarning qabrdagi azobi haqida (nozil bo‘lgan)”.
Qatoda va Rabi’ ibn Anaslar Alloh azza va jallaning: “…Biz ularni ikki bora azoblagaymiz” (Tavba surasi, 101-oyat) degan oyatini “Birinchi gal dunyodagi azob bilan ikkinchi marotaba esa qabrdagi azob bilan”, – deb tafsir qilishgan ekan.
Manbalar asosi “Qabrdagi hayot” kitobidan.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


