Islom

Sizlarga ne musibat yetsa, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh sababli…

picture
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Inson bu dunyoda yashar ekan vaqti-vaqti bilan musibatlarga duchor bo‘lishi muqarrardir. Kasallik yoki badanga biror-bir aziyat yetishi, ota-onasi va farzandlaridan judo bo‘lishi, kishi molining kasodga uchrashi, bularning hammasi imtihondir. Biroq ushbu musibatlarni mustahkam iymon sohibu sohibalari Allohdan kelgan imtihon va oxirini go‘zal intiho tariqasida qabul qiladilar. Barchamiz hozirda imtixonli kunlarni boshimizdan kechirmoqdamiz. Hatto uydan chiqishligimiz hayotimiz uchun xavfli bo‘lib qoldi. Oldin bemalol, bexavotir ishimiz yoki boshqa joylarga chiqib kelishimiz, yaqinlarimiz bilan qo‘l berib, farzandlarimizni bag‘rimizga bosib ko‘rishishimiz ulug‘ ne’mat ekanligini bildik. Islom shariati nuqtayi nazaridan boshimizga kelgan bu musibatlarning sabablaridan biri bu – insoniyatning gunohidir.

Alloh taolo insonlarning boshlariga kelayotgan musibatlar o‘zlari qilgan gunohlar sababidan ekanligini Shu’aro surasining 30-oyatida: “(Ey insonlar) sizlarga ne musibat yetsa (boshingizga kelgan har bir musibat), bas o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh (xato) sababli (yetur)”,-  deb marhamat qiladi.

Bugun xox erkak, xox ayolmiz qilgan kamchilik, gunoh, itoatsizlik, xiyonat va behayolik kabi jinoyatlarimizga tavba qilib, gunohlarimizni kechirilishligini Alloh taolodan astoydil so‘ramas ekanmiz imtihonli, musibatli kunlarimiz hali boshimizdan ko‘tarilmaydi. Shundoq vabo, kasallik ko‘payib, tarqalib borayotgan mahalda ham o‘z nafslariga qul bo‘lib fahsh, zino, ichkilikbozlik, xiyonat, aldov va firibgarlik kabi jamiyatning tanazzuliga, millatning yemirilishiga, kelajak avlodni ham ma’nan, ham jismonan buzilishiga olib boradigan jinoyat va gunohlarni yashirincha qilib yurgan, ayollik iffati, nomusini oyoqosti qilayotganlarning borligi achinarli bir holdir.

Alloh taolo “Oli Imron” surasida: “…va ular fahsh ish yoki o‘zlariga zulm qilgan chog‘larida Allohni eslab, gunohlarini ‎mag‘firat qilishni so‘rarlar – gunohlarni Allohdan o‘zga kim ham mag‘firat qilardi? ‌‎– va ular bila turib qilgan ishlarida bardavom bo‘lmaslar‎”, – degan (135-oyat).

Inson nima bo‘lganda ham, insondir. Hayoti davomida turli qiyinchiliklarga, ig‘vo va chalg‘itishlarga uchraydi. Ba’zi vaqtlarda zaifligi tutib, havoyi nafsining so‘ziga kirib qo‘yadi. Bunday paytda darhol o‘ziga kelib, oyati karimada zikr etilayotgandek, “Allohni eslab, gunohlarini ‎mag‘firat qilishni ‎so‘rarlar”. Islom tavba eshigini keng ochib qo‘ygan. Bandaligi, ojizligi tutib, ba’zi gunohlarni qilgan bo‘lsa ham, taqvodorlar safiga qo‘shilish imkoni bor. Faqat bir sharti bor, u ham bo‘lsa: “Allohni eslab, gunohlarini ‎mag‘firat qilishni ‎so‘rarlar” va “…va ular bila turib qilgan ishlarida bardavom ‎bo‘lmaslar”.

Alloh taolo yana “Baqara” surasida aytadi: “Va Allohdan mag‘firat so‘ranglar. Albatta, Alloh Gʻafurdir, Rohiymdir” (199-oyat).

Alloh barchamizni hidoyat yo‘lidan ozdirmasin, tavba-yu istig‘forlarimizni qabul aylab bu musibatlarni tezroq boshimizdan aritsin!

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.