Islom

Hech kimning xulqiga ishonma, to uni g‘azab vaqtida ko‘rmasang

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

G‘azabdan saqlanmoqlik insoniylikning eng oliy sifatlaridandir. Rosululloh salollohu alayhi vasallam insonlarning eng yaxshisi, eng saxiyrog‘i va xulqi eng go‘zali edilar. Alloh taolo u kishini Qur’oni Karimda maqtab: “Albatta siz buyuk xulq egasisiz”, deb qalam surasining 4-oyatida marhamat qiladi.

U zotning eng go‘zal sifatlaridan biri g‘azablanmas edilar, g‘azablari kelganida ham sabr qilar edilar. Umar roziyallohu anhu aytadilar: “Hech kimning xulqiga ishonma, to uni g‘azab vaqtida ko‘rmasang”.

Abdulloh ibn Mas’ud r.a. aytadilar: “Rosululloh sallollohu alayhi va sallam o‘ljalardan tushgan mollarni taqsimladilar. Shunda bir kishi Abdulloh ibn Mas’udga aytdi: “Bu taqsimlashlikda adolat bo‘lmadi”. Abdulloh ibn Mas’ud bu voqeani Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga aytdilar. Rosululloh s.a.v. ning g‘azablari keldi. Yuzlari qizardi va ushbu so‘zdan ziyoda so‘z aytmadilar: “Alloh taolo birodarim Musoni rahmat qilsin. Uni bundanda ko‘proq ranjitar edilar, u sabr qilar edi”.

Yana bir rivoyatda keladiki: “Bir kishi payg‘ambar alayhissalomga aytdi: “Yo rosululloh , menga bir ishni o‘rgatinki, u bilan jannatga yetay”. Aytdilar: “G‘azab qilmagin , jannat seniki bo‘ladi”. U: “Yana ziyoda qiling”, dedi. Aytdilar: “Hech kimdan hech narsa xohlama, jannat seniki bo‘ladi va asr namozidan keyin yetmish marotaba istig‘for aytgin, yetmish yillik gunohingni avf qiladi”. U yigit aytdiki: “Menda yetmish yillik gunoh yo‘qdir”. Aytdilar: “Onangni yetmish yillik gunohlarini mag‘firat qiladi”. U yigit aytdiki: “Onamning ham uncha gunohlari yo‘q”. Aytdilarki: “Otangni yetmish yillik gunohlarini mag‘firat qiladi”. U yana yigit aytdiki: “Otamning ham uncha gunohlari yo‘q”. Aytdilar: “Birodarlaringni gunohlarini mag‘firat qiladi”.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.