Islom

Er harom pul topsa, ahli ayoli ham gunohkor bo‘ladimi?

picture

Loading

— Er harom yo‘l bilan uyga narsa olib kirib, bolalari va xotiniga edirsa, buning gunohi erning bo‘ynidami? Yoki iste’mol qilmaslik kerakmi? Ikkilanib qoldik.

— Er halol yo‘ldan rizq topishga harakat qilishi shart. Ahliga harom luqma yedirishdan uzoq va ehtiyot bo‘lishi lozim. Agar erkak kishi oilasiga harom luqma yedirsa, gunohkor bo‘ladi. Ahliga esa hech qanday chorasi bo‘lmasa, o‘lmay qoladigan darajada yeyishga ruxsat bor.

Qolaversa, harom taom yegan odamning necha kunlab duosi qabul bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey, Anas! Luqmangizni halol qiling, kishi harom luqma yesa, qirq kun duosi ijobat bo‘lmaydi”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Demak, har bir iymonli kishi tanovul qilayotgan luqmasiga qattiq e’tibor qilishi va uni faqat halol yo‘l bilan topishi lozim.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim mol-dunyoni qayerdan topayotganiga parvo qilmasa, Alloh taolo ham u kishini do‘zaxning qaysi eshigidan kiritishiga parvo qilmaydi” (Imom Daylamiy rivoyati).

Shu bois, ilgari onalarimiz otalarimizni ishga kuzatayotib: “Biz bu dunyoning ochligiga sabr qila olamiz, lekin do‘zaxning o‘tiga sabr qilolmaymiz. Allohdan qo‘rqing, rizqimizni haloldan toping”, deb eslatib turishardi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.