Islom
Nega o‘z aybimni ko‘ra olmayman?
Bu savol jamiyatda tez-tez va aksariyat kishilarda tug‘ilib turadigan savollardan biri bo‘lgani uchun uni atroflicha yoritishga, ilm ahlining fikri, dinimiz, ajdodlarimiz ko‘z qarashlari, nuqtai nazariga asosan yoritishga harakat qildik.
Darhaqiqat, yuqoridagi savol aksariyat kishilarda tug‘ilib qoladi, ammo uni ilmlilardan, yoshi kattalardan so‘ragani uyaladi. Savol berish borasida hozirgi kunda g‘alati, haqiqatdan ham g‘alati usullar paydo bo‘lgan. U ham bo‘lsa “Bir do‘stim falon dedi”, “Bir kishini uyida falon bo‘lgan ekan” singari birovni nomidan gapirish odati ommalashib bormoqda. Aslini sinchiklab surishtirsangiz, hech qanday birovda emas, hech qanday do‘stida emas, balki, savol beruvchining o‘z hayotida sodir bo‘lgan holat bo‘lib chiqadi…
“Shariatda sharm yo‘q” deyilgan gap mana shunday masalalarda uyalmasdan so‘rashga aytilgan. Shunday ekan, hayotda sodir bo‘lgan muammo, mavhumlik borasida ilmli kishilardan so‘rab olishning hecham uyat joyi bo‘lmaydi, ular ham buni uyatli hisoblamaydilar. Qaytanga, tug‘ilgan savolni javobini so‘ramay yurilaversa, “So‘rasa qanaqa bo‘larkan”, “Falonchi qanaqa qabul qilarkan” deb ortga surib yurilaversa, faqat va faqat zarar bo‘ladi. U savol shar’iy bo‘ladimi, aqidaviy yoxud boshqa mavzularda bo‘ladimi buning bari birdek muhim. Demak, yuzaga kelgan savolni munosib, ilmli kishilardan o‘z o‘rnida so‘rab, bilib olish lozim ekan.
O‘z aybini ko‘ra olmaslik borasidagi savolga keladigan bo‘lsak, bu borada hikmatlar bor. Ulardan birida: “Kimniki amali chiroyli bo‘lsa, Allohga ko‘p qurbat qilsa, o‘z aybini ko‘rishdek baxtga muyassar bo‘ladi” deyilgan.
Hakimlardan biri aytadi: “Kimki o‘zini tanisa, o‘zi bilan o‘zi mashg‘ul bo‘lib qoladi. Kimki, Hudoni tanisa, Hudoning amri bilan bo‘lib qoladi. Kimki Hudoni ham, o‘zini ham unutsa, o‘zi qolib boshqalarning ayblarini ko‘radi”.
Xalq yozuvchisi unvoniga ega, qalam ahlining aksariyati ustoz deb bilgan Tohir Malik o‘zlarining “Husni xulq” nomli kitobining avvalida donolar bisotidan quyidagini keltirgan: “Sen o‘zingni ko‘rmoq istaysanmi? U holda ko‘zgudagi tashqi qiyofangga emas, ichingdagi ko‘zguga boq”. Biz esa, kunda necha bora ko‘zguga qaraymiz? Qalbimizga-chi?…
Salafi solihlar bir-birlariga yo‘liqqanlarida: “Ey do‘stim! Barcha gunohlarimni ko‘ra olaman va barcha ayblarimni his qilaman, mabodo menda biror yaxshilikni ko‘rsangiz, unda bardavom bo‘lishga buyuring. Modomiki, qabih amalni ko‘rsangiz, uni mendan man’ qiling”, – deb aytisharkan. Biz-chi, biz ham yaqinlarimizni ko‘rganda, ayblarim bo‘lsa, nuqsonlarim bo‘lsa ayting deymizmi?! Bu savolni javobini o‘zimizdan qidiraylik.
Xotima o‘rnida shuni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardimki, o‘z aybimizni ko‘rishni istasak, baholiqudrat Xudoga qurbat hosil qilaylik, yurtimizni, oilamizni obod qilaylik, tamomi yaxshi ishlarga intilaylik. Ana shunda biz o‘zimizni aybimiz, dangasaligimiz, bahonakash bo‘lib borayotganimizni his qila olamiz.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


