Islom

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Chaqimchi jannatga kirmaydi”

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Chaqimchilik arab tilida “namiyma” deyilib, lug‘atda bir narsani zohir qilishni bildiradi. Ulamolar chaqimchilikni quyidagicha ta’riflaganlar:

Imom Navaviy: “Chaqimchilik buzg‘unchilik yo‘li bilan odamlarning gapini bir-biriga yetkazishdir”

Chaqimchilik Quroni Karimda va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida qoralangan yomon xislatlardan biridir.

Nafslariga mujohada qiluvchilarning sukutni afzal ko‘rishlariga sabab ular tilofatlarni vanafs u ofatlardan nasibador bo‘lishini bilganliklari uchundir.

Mana shu sukut qilish riyozat  arboblarining  sifatlaridan bo‘lib, xalqni tarbiya yetishdagi muhim narsalardan biridir.

Mana shunday til ofatlaridan biri, shubhasiz, g‘iybat va chaqimchilikdir. 

Gʻiybat va chaqimchilik kishilarda tarqalgan eng xunuk xislatlardandir. Bularning ikkalasidan kishilarning ozginasigina omonda qolishadi, xolos.

Tilingni saqlagin, ey inson,
Boshingga g‘am-kulfat olmasin.
Til – go‘yoki zaharli ilon,
Yehtiyot bo‘l, chaqib olmasin.
Qabrda yotur ming-minglab odam,
Vafot yetgan til sababidan.
Qo‘rqar ekan hatto botir ham,
Til zahri-yuz g‘azabidan.

Gʻiybat yomon ko‘radigan narsasi bilan kishini zikr qilmoqlikdir. Xoh u so‘zuning xalqi-yu xulqida yoki dini-yu dunyosida bo‘lsin, g‘iybat sanalaveradi. Uni lafz bilan, yozish bilan yoki ishora bilan ifodalasa ham g‘iybat bo‘ladi. 

Alloh taolo Xumaza surasining 1-oyatida: “Barcha kishilarga dilozorlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay hamda” Qalam surasining 11-oyatida: “Siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi kimsaga itoat etmang”, deb aytgan. 

Gʻiybatning zararlari:

1. Gʻiybatchi do‘zaxda sassiq va iflos narsalarni yeb azoblanadi.

2. Gʻiybatchi qabrida Alloh taoloning azobiga duchor bo‘ladi.

3. Gʻiybatchidan iymon nuri va islom asari ketadi.

4. Gʻiybat qilingan shaxs kechirmaguncha g‘iybatchining gunohi kechirilmaydi.

5. Gʻiybat bardavom yomonlikdir.

6. Gʻiybat ozor, zarar, xusumat va nafrat sababchisidir.

7. Gʻiybatchi pastkash shaxsdir.

8. Gʻiybat odamlar orasidagi muhabbat rishtalarini uzuvchi omildir.

Chaqimchilik so‘yilgan hayvonning a’zolarini parchalab bo‘lingani kabi jamiyat a’zolarini parchalab bir-biridan ajratib tashlaydi. Chaqimchilik tarqalgan jamiyatda birlik xamkorlik qolmaydi.Bu esa, har qanday jamiyat uchun o‘ta xatarlidir.

Sahobalardan Huzayfa roziyallohu anhu: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Chaqimchi jannatga kirmaydi”, deganlarini eshitganman, – dedi.

Bu hadisi sharifda chaqimchilik naqadar og‘ir gunoh ekani bayon qilinmoqda.

Ulamolarimiz esa chaqimchilikni halol sanagan odam jannatga kirmaydi, deganlar. Hasan Basriy: “Kim senga chaqimchilik qilsa, sening haqingda ham chaqimchilik qiladi”, degan.

Imom Zahabiy: “Chaqimchilik gunohi kabiyradir”, degan. 

Demak biz jamiyatimizni bu tur zararli illatlardan himoya kilmog‘imiz lozim bo‘ladi. Alloh taolo barcha nuqson va illatlardan o‘z panohida asrasin.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.