Islom
Ibrat uchun. Insonlarning hojatini chiqarishda shunday bir lazzat borki, uni faqat tajriba qilganlar biladi
Bir kishi do‘konga kirib bananning narxini so‘radi:
– Banan qancha turadi?
– O‘n ikki so‘m.
– Olmachi?
– O‘n so‘m.
Shu payt do‘konga mahallada turadigan bir kampir kirdi va banan va olmaning narxini so‘radi. Sotuvchi unga banan uch so‘mligini , olma esa ikki so‘mligini aytdi. Kampir “Alhamdulillah, bolalarim mazza qiladigan bo‘lishdi”, dedi. Oldin kirgan kishi sotuvchining bu ishidan g‘azablanib ko‘zlari qizardi. Sotuvchi unga qizishmay turishini ishora bilan anglatdi. Kampir oladiganini olib do‘kondan chiqqach u kishiga dedi:
– Allohga qasamki, men sizni aldamadim, sizga xiyonat qilmadim. Bu kampirning 4 ta yetimi bor. Hech kimdan yordam olishni xohlamaydi, iffatli. Necha bor yordam bermoqchi bo‘ldim , ko‘nmadi. Keyin unga qanday yordam qilishimni o‘ylab shu yo‘lni topdim. Ya’ni , unga narxni arzon aytaman. U hech kimga muhtoj emasman , deb o‘ylaydi. Men ham yaxshilik qilishni xohlayman. Alloh bilan ushbu tijoratni yo‘lga qo‘ydim. Bu kampir haftada bir keladi. U kelgan kuni juda ko‘p foyda ko‘raman. Uning dardiga malham bo‘lishni xohlayman.
Haligi kishi aytadi: “Men do‘kondorning bu qilmishidan xursand bo‘lib uning peshanasidan o‘pdim”.
Insonlarning hojatini chiqarishda shunday bir lazzat borki, uni faqat tajriba qilganlar biladi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


