Islom
Poklik kishini iymonga chaqiradi, iymon esa o‘z egasi bilan jannatda birgadir
Agar inson ozodalikka rioya qilib yursa, bu boradagi odoblarimizga amal qilsa, go‘zallik va salomatlikning eng oliy darajasiga erishadi. Alloh taolo pok bandalarini yaxshi ko‘rishini bir necha o‘rinlarda zikr qilib o‘tgan. Jumladan, “Unda poklanishni xush ko‘radigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevadi” (Tavba, 108 surasi).
Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan qaytayotgan sahobalariga: “Sizlar birodarlaringiz huzuriga qaytmoqdasiz. Shunday ekan, ulovlaringizu-liboslaringizni chiroyli holda tutinglar. Hatto odamlar ichida go‘yoki xol kabi ajrab turinglar. Albatta, Alloh buzuqlik va axloqsizlikni yaxshi ko‘rmaydi”, deb aytganlar (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).
Ya’na Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan, u esa otasidan rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Albatta Alloh muloyimdir, muloyimlikni sevadi, pokizadir, pokizalikni sevadi, karamlidir, karamlilikni sevadi, o‘ta sahiydir, o‘ta sahiylikni sevadi” (Termiziy, Bazzor va Abu Ya’lo rivoyati).
Boshqa bir hadisda esa: “Poklik kishini iymonga chaqiradi. Iymon esa, o‘z egasi bilan jannatda birgadir”, deyilgan (Tabaroniy rivoyati).
Bizlar ham hozirgi bu sinovli kunlarda shu oyatu-hadislarga rioya etgan holda o‘zimizni pok tutaylik, toza tutaylik. Sog‘lik va poklik imonning bir bo‘lagidir.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


