Islom
Birovning haqqini yeyish – gunoh
Alloh taolo insonni mavjudotlarning eng sharaflisi qilib yaratgan. Inson bir o‘zi yolg‘iz,boshqa kishilar bilan aloqa qilmay yashay olmaydi. O‘sha aloqa asnosida boshqalarning huquqiga tajovuz qilmaslik va qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin zulm qilmaslikka shariatimiz da’vat qiladi.Payg‘ambarimiz (s. a. v.) vidolashuv hajida ko‘p narsalarni vasiyat qildilar.
Shular qatorida boshqa kishilarning molini zulm bilan yeyish haromligini uqtirdilar.
Ya’ni: Rasululloh (s. a. v.) aytdilar: “Ogoh bo‘linglar! Albatta, Alloh taolo sizlarga qonlaringiz va mollaringizni bir-biringizga harom qildi”.
Bu oyat va hadislardan ma’lum bo‘ladiki, insonlarning qonini to‘kish qanchalik yomon amal bo‘lsa, ularning mollarini nohaqdan yeyish ham shunchalik manfur amaldir.
Ya’ni: “Ey imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq yo‘llar bilan yemangizlar!” (Niso,29).
Insonlar o‘rtasida bir-birlarining haqqiga tajovuz qilish, hozirgi kunda savdo-sotiqlarda juda ko‘paygan. Savdoda yolg‘on gapirish va o‘lchovda xiyonat eng yomon amallardan biridir. Islom dini esa doimo adolatga buyuradi. Ya’ni: “Osmonni baland qilib qo‘ydi va tarozini joriy qildi.Toki, tarozida haddan oshmangizlar. (Ey insonlar, muomalada) vaznda adolat o‘rnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!” (Ar-Rahmon 7-9).
Abdulloh ibn Abbos (r. a.) rivoyat qiladilar, Rasululloh (s. a. v.) o‘lchov va tarozi ishlatadigan kishilarga aytdilarki: “Sizlar o‘zlaringizdan ilgari o‘tgan qavmlarning halokatiga sabab bo‘lgan ikki ishni o‘z ustingizga oldingizlar”. Bu hadisda Rasululloh (s. a. v.) bizni ogohlantirmoqdalarki, ilgari o‘tgan qavmlarning boshiga kelgan ofatlar ularning o‘zaro oldi-berdilarida qilgan xiyonatlari sababli kelgan. Chunki kishilar savdoda to‘g‘ri tursalar barakot yog‘iladi, aks holda jamiyat tanazzulga yuz tutishi mumkin. O‘zining hayotida va kasbida o‘lchov bilan ish yuritadiganlar doimo bu hadisni unutmasliklari kerak.
Abu Said Xudriy (r. a.) rivoyat qiladilar: Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Rostgo‘y va ishonchli savdogar jannatda payg‘ambarlar,siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi”, dedilar. Hakim ibn Hizom (r. a.) rivoyat qiladilar: Rasululloh (s. a. v.) aytadilar: “Ikki kishi o‘rtasidagi savdo-sotiq har ikkala tomon uchun ham,to ular bir-birlari bilan kelishib olguncha ixtiyoriydir. Agar ular bir-birlariga rost gapirib, molning aybini yashirmasalar,bunday savdoda ularga baraka bo‘ladi. Agar molning aybini yashirsalar va bir-birlarini aldasalar, savdolarida baraka bo‘lmaydi”.
Alloh taolo barchamizni taqvodor va boshqalarning haqlariga rioya etuvchi bandalaridan qilsin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


