Islom
Qiyomat Isrofil alayhissalomning birinchi sur tortishlari bilan boshlanadi
Oxiratga, ya’ni qiyomat kuniga ishonish iymonning yana bir shartidir. Bu haqiqatni tasdiq qilmagan inson mo‘min bo‘la olmaydi. Qur’oni Karimning juda ko‘p oyatlarida mo‘min va taqvodorlarning sifatlari zikr etilganida “va ular oxiratga ishonadilar” deb vasflanadi.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: Jabroil alayhissalom u zot sollallohu alayhi vasallamga “Menga iymonning xabarini bering”, deganlarida Payg‘ambarimiz: “Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga va yaxshi-yomon qadarga iymon keltirish” deb javob berganlar.
Oxiratga ishonish Qur’oni Karim va hadisi shariflarda oxirat haqida kelgan barcha narsalarga: qabrda ikki farishtaning savol qilishiga, qabr azobi va ne’matiga, oxirat kuni oldidan bo‘ladigan alomatlarga, qayta tirilishga va hammaning to‘planishiga (hashrga), nomai a’mollarning berilishiga, kishining savob va gunohlari hisob qilinishiga, mezonga (tarozuga), havzga, sirotga, shafoatga, jannat va do‘zaxga, ularning ahllariga hozirlangan ne’mat va azoblarga ishonish, demakdir.
Qiyomat Isrofil alayhissalomning birinchi sur tortishlari bilan boshlanadi va dunyo hayoti tugaydi. Qiyomat kuniga iymon keltirmagan kishi bu dunyoga nimaga kelganini bilmay, hayvon kabi yashab o‘tadi. Chunki bu dunyoda yashashdan maqsad nimaligini bilmay o‘tadi. Shuning uchun u goh mol-dunyo to‘playdi, goh shahvatlarga beriladi, hayotini bemaqsad sovuradi.
Qiyomat kuniga iymoni bor kishi esa dunyo hayoti insonlarning oxiratdagi abadiy hayotining muqaddimasi ekanini yaxshi biladi. Shuning uchun bu dunyoda oxirati uchun tayyorgarlik ko‘radi, hayotini solih amallar va ezgu ishlar bilan bezaydi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


