Islom
Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz adog‘iga yetolmaysiz
Odamlar o‘z hayotida baxt izlaydilar, Alloh taolo ularni o‘z taqdiri bilan sinaydi, vaholangki, ularni baxtsizlik va qayg‘udan himoyalanadigan joylari yo‘q.
Lekin sinov Allohning taqdirini ular qanday qabul qilishlaridadir. Ba’zan kishi dard ila musibatlanadi va u shikoyat qiladi va noliydi. Ammo ba’zan dardlangan boshqa kishi xotirjam bo‘ladi va Allohning amrini qabul qilganini va unga rozi bo‘lganini tabassumi ila ifodalaydi.
Sahobai ikromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashganlari sabab ko‘ksilari keng va insonlarni eng baxtlisi bo‘lib, ular qalb keng ekanini bildiradigan barcha sifatlarda o‘rnak va namuna bo‘lganlar.
Imom Muslim o‘z sahihlarida Nabiy alayhissalomdan rivoyat qiladi: U zot: “Kimda uch xislat bo‘lsa, u iymon halovatini topadi. Birinchisi: Alloh va uning Rasuli unga o‘zidan boshqa barcha narsadan suyukli bo‘lishi. Ikkinchisi: kimni yaxshi ko‘rsa Alloh rizosi uchun yaxshi ko‘rishi. Uchinchisi: Allohga kufr keltirishni, xuddi olovga otilishni yomon ko‘rganidek, yomon ko‘rmog‘i”, -dedilar.
Shuningdek, U zot alayhissalom ularni baxt yo‘liga va ular uchun manfaatli yo‘lga boshlaganlar. Alloh taolo musulmon ayollarga hijob o‘rashni buyurganida, ular Alloh taoloning buyruqlariga bo‘ysunganlari uchun baxtli yashashlariga yordam bergan Allohning amrini qabul qilib, uzun kiyimlarini bir chetini yirtib boshlarini o‘rashga shoshilishdi. Shuningdek, albatta Allohning ne’matlarini e’tirof etib, uning shukrini ado etish insonlarni eng go‘zal baxtga erishtiradigan vositadir. Alloh taolo aytadi: “Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz adog‘iga yetolmaysiz. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatli va rahmli Zotdir” (Nahl surasi, 18-oyat).
Agar inson sog‘lik ne’matini idrok etsa, shuni o‘zi baxtni his etishiga kifoya qiladi. Agar ne’matlar zavol topmay, ularga e’tibor qaratsa, albatta uning hayoti baxt va xursandchilikka to‘ladi. Baxt sabablari ko‘p. Masalan: vaqt, sog‘lik va aql. Bu sabablarning eng kuchlisi iymondir. Iymon mahzunga yupanch, faqirga boylik va zaifga kuchdir.
Demak baxt — bu bizning tani-jonimiz sog‘-omonligida, aql-hushimiz joyida ekanida va eng asosiysi, bizni yo‘qdan bor etgan buyuk Robbimizni tanib, unga bo‘lgan iymonimizda!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


