Islom

Nuh alayhissalomning xotini qavmiga “Nuh jinni!” deb gap tarqatardi…

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Alloh taolo insonlarga son-sanoqsiz ne’matlarini bergan. Ular ichida vujudning sog‘-salomat bo‘lishi eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Bu vujud insonlarga berilgan omonat hisoblanib,uni xayrli ishlarda ishlatishga va yomon ishlardan saqlashga shariatimiz amr qiladi. Til – insonning jisman kichik a’zosi bo‘lsa, ammo mas’uliyat va vazifa jihatidan e’tiborga molik a’zosidir.

Abu Said Xudriy aytadi: Bir kishi Payg‘ambar (s. a. v.) oldilariga kelib: “Ey Allohning elchisi, menga vasiyat qiling”, dedi. Payg‘ambar (s. a. v.) aytdilar: “Allohga taqvo qilgin. Chunki u barcha yaxshiliklarni jam qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam tutgin. Chunki, u musulmonlarning (yoki musulmonning) rohibligidir. Va Allohning zikrini va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki, u senga yerda nur, osmonda zikrdir. Yaxshilikdan boshqasidan tilingni saqlagin. Shu bilan shaytonni yengasan”.

Payg‘ambarimiz (s. a. v.) aytdilar: “Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa, Alloh taolo qiyomat kunida uning musibatiga kushoyish beradi. Kim g‘azabini to‘ssa, Alloh taolo qiyomat kuni unga qiladigan g‘azabidan najot beradi”.

Islom dini tilga e’tibor berishga undashining, uni befoyda va gunoh bo‘ladigan so‘zlarga ishlatishdan qaytarishining boisi shundaki, til qalbga yaqin yerda joylashgan, shuningdek, til qalbning tarjimoni hisoblanadi. Qalb esa, imon maskanidir. Demak, insonning imoni qay darajada baquvvat, qalbi qanchalik sof bo‘lsa, uning tilidan faqat hikmatli, shirin gaplar chiqadi. O‘z navbatida til qanchalik yomon gaplarni ko‘p gapirsa, insonning qalbi qorayadi, natijada imoni susayadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s. a. v.) shunday deganlar: “Bandaning imoni to‘g‘ri bo‘lmaydi, toki qalbi to‘g‘ri bo‘lmaguncha, shuningdek, qalbi to‘g‘ri bo‘lmaydi, toki tili to‘g‘ri bo‘lmaguncha”. Og‘zidan chiqayotgan har gapni ham amaldan deb hisoblagan kishi tilini faqat Alloh rozi bo‘ladigan gaplarni gapirishgagina ishlatadi.

Allohning roziligi yo‘lida qilingan amalning ajri esa beqiyos darajada ulug‘dir. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) Abu Zarr (r. a.)ga qilgan vasiyatlarining birida: Ya’ni “Sukut saqlashni o‘zingga odat qilgin, chunki sukut saqlashlik, birinchidan, shaytonni quvadi, ikkinchidan diningni saqlashingga yordam beradi”,- deganlar. Allohdan qo‘rqqan odam tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, boshqalarga bo‘hton qilishdan va bekorchi so‘zlar aytishdan tiyadi. Uni Allohni zikr etuvchi, Qur’onni o‘quvchi va ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul a’zo holida shay tutadi.

Tarix kitoblarida aytilishicha, Abu Lahab Payg‘ambarimiz (s. a. v.)ning amakisi bo‘lishiga qaramay, Rasululloh (s. a. v.)ga aziyat berish uchun ko‘p harakat qilgan, uni xotini esa, odamlar o‘rtasida gap tarqatib, ularni Muhammad (s. a. v.)ga qarshi gij-gijlagan.

Alloh kofir bo‘lgan kimsalar haqida Nuhning ayoli va Lutning ayolini misol keltirdi. U ikkisi Bizning bandalarimizdan ikki solih banda qo‘l ostida edilar. Bas, ular xiyonat qilgan edilar, (Nuh va Lut) Alloh(ning azobi) dan biron narsani u ikkisidan daf’ qila olmadilar. Va ularga “Kirguvchilar bilan birga do‘zaxga kiringlar!” deyildi. Nuh alayhissalomning xotini qavmiga “Nuh jinni!” deb gap tarqatardi. Lut alayhis salomning xotini esa, uyiga kelgan mehmonlar va o‘rtadagi gap-so‘zlar to‘g‘risida qavmiga chaqimchilik qilib, xabarkashlik qilib gap tashirdi. Uyni gapini tashqariga chiqarardi.

Payg‘ambarimiz Allohning salomi ustilariga yog‘ilsin. Gap tashuvchi jannatga kirolmaydi, dedilar: Alloh taolo til va dilimizni birdek isloh qilishimizni barchamizga muyassar aylasin.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.