Islom
Savobi ulug‘ amallar
Abu Barza Aslamiy aytadilar:
– Yo Rasululloh! Meni jannatga kiritadigan amalga dalolat qiling, – dedim.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
– Odamlar yo‘lidagi ozor beruvchi narsani olib tashla, dedilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bir odam yo‘lda yotgan tikanning oldidan o‘tib qoldi. “Albatta, mana shu tikanni olib tashlayman va bu tikan bir musulmon odamga zarar bermasin”, dedi. Shunda uning gunohlari mag‘firat qilindi”, dedilar.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
“Qachon ikki musulmon uchrashib, qo‘l olib so‘rashsalar, Allohga hamd va U zotga istig‘for aytsalar, ikkovlari mag‘firat qilinadi” (Imom Abu Dovud rivoyati)
Kimki qilmishiga pushaymon bo‘lib, uzr so‘ragan odamni kechirib yuborsa, uning xatolarini ham Alloh taolo qiyomat kuni kechiradi. Manzilni so‘raganga yo‘l ko‘rsatish ham yaxshilikdir. Do‘zaxdan yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham saqlaninglar! Agar bunga ham qodir bo‘lmasangiz shirin so‘z bilan saqlaning. Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi. Kasal ko‘rgani boruvchi odam go‘yo jannat bog‘ida yurgandek bo‘ladi.
Agarda “Duolarim ijobat bo‘lsin desangioz, tashvishlarim boshimdan arisin” desangiz, kambag‘allarni holidan xabar olgin.
– Kimki ko‘zi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan bo‘lsa, uning jannatga kirishi muqarrardir. Sadaqa suv olovni o‘chirganidek xatoni (gunohni) o‘chiradi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


