Islom

Har bir musulmonning musulmon birodariga qoni, moli, sha’ni haromdir

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Abu Hurayra roziallohu anhudan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  dedilar: “Har bir musulmonning musulmon birodariga qoni, moli, sha’ni haromdir” (Imom Muslim rivoyati).

Abu ad-Dardo roziallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  dedilar: “Biror kishi boshqa kishini unda yo‘q ayblar bilan ayblasa, Alloh taolo u kishini jaxannamda o‘rab, aytgan gaplarini olib keladi” (Imom Termiziy rivoyati).

Hasan al-Basriy roziallohu anhu dedilar: “Bir kishi sizni g‘iybat qildi. Shunda Hasan  roziallohu anhu unga bir tovoq xurmo jo‘natib, shunday dedilar:

“Siz menga o‘z savob ishlaringizni hadya qilibsiz, shuning uchun sizni mukofotlamoqchi bo‘ldim, lekin uzr, men sizni to‘la mukofotlashga qodir emasman”.

 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘iybatni tushuntirdilar: “Gʻiybat nima ekanligini bilasizlarmi?” – dedilar. Sahobalar: “Alloh va uning rasuli bilguvchiroqdir” dedilar. “Sen o‘z birodaringni yomon ko‘rgan narsasi bilan eslashing g‘iybatdir” deb javob berdi. So‘radilar: “Agar aytgan narsam birodarimda bo‘lsachi?”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Agar aytgan narsang birodaringda bo‘lsa, o‘sha g‘iybatdir. Agar aytgan narsang birodaringda bo‘lmasa u bo‘htondir” (Imom Muslim  rivoyati).

Imom Gʻazzoliy roziallohu anhu  dedilar:

“Bilginki, g‘iybatning chegarasi o‘z birodaringni yomon ko‘rgan narsasi bilan eslashingdir. Garchi bu narsa u kishiga yetib borgan bo‘lsa ham. Bu narsalar uning nasabi, xulqi, dini va dunyosidagi kamchiliklarini eslashingdir. Bu narsaga hatto kiyimdagi, hovlidagi kamchiliklar ham kiradi”. 

Jobir ibn Abdulloh roziyollohu anxu aytadilar: Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ketayotgan edik. Yo‘lda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita qabr oldida to‘xtadilar. Bu qabr egalari azoblanmoqda. Biri odamlarning g‘iybat qilardi. Yana biri bavldan ehtiyot bo‘lmasdi. Keyin ikkita ho‘l shox sindirib qabriga suqib qo‘ydilar: “Toki bu novdalar ho‘l ekan qabr egalari azobi yengil bo‘ladi” – dedilar.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.