Islom
Ta’ziya bildirish haqida
Musibatzadalarga ta’ziya bildirish odobdir. Aza muddati o‘lgan kundan boshlab uch kungacha hisoblanadi. Bundan ortiq aza tutishlik makruhdir. Ammo ta’ziya bildiradiganlar yo‘q bo‘lib, uch kundan keyin kelsa, unda ta’ziya bildirish joiz. Ayol kishi eri uchun to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi. Bu azaning ma’nosi o‘zini ziynatlab, yangi kiyimlarini kiymaslikdir. Shu muddatda azador ayolga sovchi ham qo‘yilmaydi. Balki biror ishora qilish joizdir.
Musibatzadaga ushbu so‘zlarni aytishlik mustahabdir:
غَفَرَ اللهُ تَعَالَي لِمَيِّتِكَ وَتَجَاوَزْ عَنْهُ وَتَغَمَّدَهُ بِرَحْمَتِهِ وَيَرْزُقُكَ الصَّبْر عَلَي مُصِيبَتِهِ وَآجَرَكَ عَلَي مَوْتِهِ
Ya’ni, “Alloh taolo marhumni mag‘firat qilsin, gunohlaridan o‘tsin, o‘z rahmatiga cho‘mdirsin, bu musibatda sizga sabr bersin va uning evaziga sizni ajr bilan mukofotlasin”.
Eng afzal ta’ziya bildirish Rasululloh (s. a. v.) bildirgan ta’ziyadir:
اِنَّ لله مَا اَخَذَ وَلَهُ مَااعْطَي وَكُل شَئٍ عِنْدَهُ بأجَلٍ مُسَمَّى
Ya’ni, “Albatta olishlik va berishlik Allohning ishidir. Har bir narsa ma’lum miqdor bilan Uning huzuridadir”.
Yuqoridagiga buni ham qo‘shib aytsa yaxshi bo‘ladi.
Ta’ziyani marhum dafn qilingandan keyin bildirish ma’qul bo‘ladi. Ammo sabrsizlik kuchayib ketsa, dafndan oldin bildirish afzaldir. Ta’ziyani bir marta aytsa, kifoya qiladi. Uni takror bildirishlik makruhdir.
Aza kunlarida o‘lik chiqqan xonadonda ziyofat uyushtirish makruhdir. Chunki, ziyofat xursandchilik belgisidir. Alohida joy hozirlab, odam chaqirib, mashaqqat uyushtirish bid’at amaldir. Ammo marhumning nomidan sadaqa qilish, ochlarni taomlantirish, yalang‘ochlarni kiyintirish sunnat amallardandir. Bu ishlar kun sanalmay, imkoniyatdan kelib chiqib qilinadi. Hamma qilishi shart emas.
Aza kunlarida qo‘ni-qo‘shnilar, yoru do‘stlar marhum xonadoniga ovqat tayyorlab olib borishlari yoki yuborishlari ma’quldir. Azadorning taomidan xabar olib turilmasa, u o‘zining musibati bilan mashg‘ul bo‘lib, bu narsalar uning ko‘ngliga sig‘may qoladi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


