Islom

Farzand tarbiyasida ogoh bo‘laylik!

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Farzand Alloh taolo bandasiga in’om qilgan ne’matlar ichida ulug‘ ne’mat, dunyo hayotining ziynatidir. Haqiqiy chiroyli tarbiya olgan farzandni jannat rayhonlari deb maqtaladi. Aksincha bo‘lsa o‘zini ham , boshqalarni ham hurmat qilmaydigan , insoniyat fitratidan uzoq, odobi axloqi buzuq bolalar jamiyatning zararkunandlariga aylanadilar. Shuning uchun dinimiz farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi va bu ota- onalarning jamiyat oldidagi burchlari ekanligini anglatadi.

Farzandlarimizni yoshlik chog‘larida erkalab ko‘nglimiz huzur qilsa. Katta bo‘lib voyaga yetganlarida ularni yordamlaridan bahramand bo‘lamiz, vafot etganimizdan so‘ng ularni say’ harakatlari tufayli nomai-a’mollarimizga ajri savoblarimiz ziyoda bo‘ladi. Insoniyat jismonan ham ruhan ham aqlan ham barkamol bo‘lib komillikka yetishida asosan yoshligi poydevor bo‘ladi.

Islomda farzand tarbiyasi hali bola dunyoga kelmasdan boshlanadi.Farzandni haqiqiy inson, chinakam solih, diyonatli qilib tarbiyalashni istagan ota eng avvalo iymoni but, soliha ayolni tanlab olishi kerak. Bola dunyoga kelgandan keyin bu ulug‘ ne’mat uchun shukrona qilishi, bolaning qulog‘iga azon aytish, chiroyli ma’noli ism qo‘yish, birinchi kundan halol rizqlantirish farzand tarbiyasida eng asosiy vazifadir.

Payg‘ambarimiz (s. a. v) o‘zlari: “Men yaxshi xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman”, deganlar.

Davrimizning atoqli olimlaridan biri farzand tarbiyasida shunday fikr bildirgan: “Bolaga eng avvalo axloqiy qoidalarni o‘rgatish joiz. Bunga e’tibor berilmasa, o‘g‘il qizimiz loqayd, o‘ylamay ish qiladigan bag‘ritosh va ochko‘zlik kabi yomon illatlar qurboniga aylanadi. Chunki u ulg‘ayganda bu illatlardan qutilish qiyin bo‘ladi, chunki bu axloqsizliklar uni tarbiyasiga chuqur singib bo‘ladi. Agar farzandimizni barcha vositalarni ishga solib illatlardan xalos bo‘lmasa jamiyat oldida sharmanda bo‘ladi”, degan.

Muqaddas islom ta’limotiga suyangan holda farzandlarimizni odob axloqlarini chiroyli qilishga harakat qilaylik.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.