Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (09.08.2026)
2026-yilning 9-avgust, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun bo‘lar-bo‘lmas xayollarni miyangizdan chiqarib tashlagan holda sarguzashtlarga berilmang. Aks holda omadsizlikka yuz tutasiz.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Agar pul masalasida xasislik qilmasangiz, yaqin do‘stlaringiz ko‘paygandan ko‘paya boradi. To‘g‘ri-da, pul bergan odamga hamma do‘st. Shunday emasmi?
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ko‘ngilxushlik, quvonchli va sershovqin davralar bugun sizga sira to‘g‘ri kelmaydi. Ma’naviy takomil sari intiling.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Xaridlarda tejamkor bo‘ling. Ijod kishilarining kuni qanday kechishi bir jihatdan o‘zlariga ham bog‘liq.
Arslon (24.07 — 23.08)
Arslon burji vakillari kunning ikkinchi yarmida moddiy tarafdan sal qiynalib, yaqin tanishlarga qarz so‘rab murojaat etishi mumkin. Adashmabsiz. Yaqin tanishlar sizga albatta shunday kunlarda asqotishga hozir-u nozir.
Parizod (24.08 — 23.09)
Erta tongdanoq yangi va siz uchun juda qimmatli xabarlar quyilib kela boshlaydi. Shu qadar quvonib ketasizki, olamshumush bir ishga qo‘l urgingiz kelib ketadi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Shunchalar optimistga aylanasizki, o‘zingizga ruhan yaqin insonlar bilan uni bo‘lishsangiz ham kamayib qolmaydi. Biznes kishilari raqobatchilardan ehtiyot bo‘lsinlar. Ba’zilari payt poylash bilan ovora.
Chayon (24.10 — 22.11)
Mayda-chuyda, arzimas ishlarni bajarib, ko‘proq dam oling. Mayda ishlar yaqin kelajakda sizga mo‘may daromad manbai bo‘lib xizmat qilishi muqarrar.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Aldanib qolishdan, firib changaliga tushishdan, kissavur muttahamlarning kasriga qolishdan saqlaning. Ehtiyotkorligingizni sirayam qo‘ldan bermang.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ichki siringizni o‘zingizdan boshqa hech kim bilmasin. Baxtingizga ko‘z tegadi. Kechqurun uy ta’miri bilan shug‘ullanishingiz ehtimoli bor.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
O‘zingizni o‘zingiz tanqid qilishga o‘rganishingiz kerak. Shunda ishlaringiz yanada baroridan kela boshlaydi. Hasadgo‘y, ikkiyuzlamachining yaqiniga ham bormang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Oilalilar qarama-qarshi jins vakil va vakilalarining xushomadlaridan nari bo‘lsinlar. Oqibatda uyatga qolib ketishlari mumkin.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


