Buxoro yangiliklari
Buxoroda 390 million so‘mlik kontrafakt dorilar aniqlandi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida kontrafakt dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatni aniqladi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tezkor tadbir olingan tezkor ma’lumot asosida tashkil etildi. Unda dorixonalardan birida tegishli hujjatlarsiz “Kabiven” nomli dori vositasining bir o‘ramini 1,8 million so‘mga sotayotgan shaxs to‘xtatildi.
Shundan so‘ng dorixona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tegishli hujjatlarsiz hamda o‘zbek tilidagi markirovkaga ega bo‘lmagan 114 turdagi jami 650 quti dori vositalari borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu kontrafakt dori vositalarining umumiy qiymati 390 million so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berish va tegishli choralarni ko‘rish uchun materiallar mas’ul organlarga yuborildi.
Bojxona organlari tomonidan aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan sifatsiz va kontrafakt dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish, shuningdek, kontrabanda mahsulotlarining mamlakat hududiga noqonuniy olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tezkor tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


