Buxoro yangiliklari

Buxoroda transport-logistika muammolari va tranzit yuklar muhokama qilindi

transport network ai
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida viloyat transport boshqarmasi bilan hamkorlikda transport-logistika sohasi vakillari, bojxona omborlari mas’ullari va tegishli tashkilotlar ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Uchrashuvda tashqi savdo yuklari hajmining oshishi transport-logistika tizimi oldiga qo‘yayotgan vazifalar muhokama qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021–2025-yillarda chegara bojxona postlaridan o‘tgan transport vositalari soni 2,5 milliondan 5,5 milliontaga, eksport-import yuklari hajmi esa 5 million tonnadan 11 million tonnaga yetgan.

Xitoy–Qozog‘iston yoki Qirg‘iziston–O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron yo‘nalishidagi tranzit tashuvlar ham sezilarli darajada ko‘paygan. Shu bilan birga, bo‘sh yuk avtomobillari tanqisligi, tranzit yuklarning to‘planib qolishi, Turkmaniston tomonidan joriy etilgan yangi talablar va ular bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tashuvchilarga ta’sir qilayotgani qayd etildi.

2026-yilning birinchi yarmida Turkmanistondan O‘zbekistonga 15 104 ta yuk avtomobili kirgan. Iyul oyining o‘zida bu ko‘rsatkich 1 990 tani tashkil etgan.

Muhokamalar davomida ayrim tranzit yuklarning belgilangan manzil bojxona postlariga o‘z vaqtida yetib bormayotgani, kechikishlarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Yuk tashish samaradorligini oshirish hamda belgilangan muddatlarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Soha vakillari logistika jarayonlarini maqbullashtirish, tashuvlarning uzluksizligini ta’minlash va mavjud to‘siqlarni amaliy hamkorlik orqali bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar asosida mas’ul tashkilotlarga transport-logistika jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan tegishli vazifalar belgilandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.