Salomatlik
Konditsioner jaziramadan asraydi, ammo sog‘liq uchun qanday xavf tug‘diradi?
![]()
Havo harorati ko‘tarilishi bilan xonalarni salqin qilish uchun konditsionerlar faol ishlatila boshlaydi. Biroq ular jaziramadan himoyalasa ham, sog‘liq bilan bog‘liq qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Konditsioner havoni quritadi. Xonadagi havo kondensatordan o‘tishi natijasida sovuq havo hosil bo‘ladi. Nam iqlim sharoitida bu foydali bo‘lishi mumkin, ammo quruq havoda uzoq vaqt qolish organizmga zarar yetkazishi ehtimoli bor.
Inson organizmi doimo namlik yo‘qotadi va uning o‘rni vaqtida to‘ldirilishi kerak. Salqin muhitda chanqoq uzoq vaqt sezilmasligi mumkin. Bu suvsizlanishga, bosh og‘rig‘i, charchoq, lab va terining qurishi hamda bosh aylanishiga olib kelishi mumkin.
Teri qurishi
Konditsionerli muhitda ko‘p vaqt o‘tkazadigan odamlarda teri qurishi va qichishishi kuzatiladi. Bunga suvsizlanishdan tashqari, havodagi zararli moddalarga reaksiya ham sabab bo‘lishi mumkin. Konditsioner tizimi talab darajasida ishlamasa yoki xona havosi muntazam yangilanmasa, havoda kimyoviy moddalar to‘planishi ehtimoli ortadi.
Nafas olish bilan bog‘liq muammolar
Vaqtining ko‘p qismini konditsionerli xonalarda o‘tkazadigan odamlar yuqori nafas yo‘llari bilan bog‘liq muammolarga ko‘proq duch kelishi mumkin. Burun bitishi, tomoq qurishi va rinit bunga xos alomatlar hisoblanadi. Juda quruq havo tomoq shilliq qavatini quritib, achishtiradi va faringit rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Yuqumli kasalliklar
Shilliq pardalar quriganda ularning himoya funksiyasi susayib, virus va bakteriyalarni tutib qolish qobiliyati kamayadi. Katta konditsioner tizimlari to‘g‘ri parvarish qilinmasa, og‘ir pnevmoniyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan legionella bakteriyasi ko‘payadigan muhitga aylanishi ehtimoli bor.
Allergiya va astma
Konditsioner filtrlari muntazam tozalansa va qurilma to‘g‘ri ishlasa, havodagi allergenlar miqdori kamayishi mumkin. Aks holda chang va kimyoviy moddalar ta’siri kuchayadi. Qurilmada to‘plangan namlik mog‘or paydo bo‘lishiga, uning sporalari havo orqali tarqalib, allergik reaksiya yoki astma xurujini keltirib chiqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


